Afg‘on ayollari O‘zbekiston tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi
🏛 Qatar davlati poytaxti Doha shahrida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qatarning «Ta’lim har narsadan ustun» fondi o‘rtasida afg‘on ayollarini O‘zbekistonda tibbiyot sohasida o‘qitishni tashkil etishni nazarda tutuvchi memorandum imzolandi. Marosimda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev ham ishtirok etdi.
❇️ Mazkur kelishuv doirasida 160 nafar afg‘on ayolini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitishi rejalashtirilgan.
117