Xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov joriy yilning 9-sentyabr kuni Qatarning Doha shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Taʼlimni himoya qilish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan beshinchi tashkilot tadbirida ishtirok etdi.
Ushbu tadbir global miqyosda taʼlimni himoya qilishga qaratilgan muhim xalqaro platformadir va har yili taʼlim tizimini muhofaza qilish, uning barqarorligini taʼminlash va nizoli hududlarda taʼlim olish huquqini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlanadi.
BMTning “Taʼlimni himoya qilish kuni” tadbiri nafaqat xalqaro hamjamiyatni taʼlim sohasidagi jiddiy muammolarga eʼtibor qaratishga chaqirish, balki tajriba va g‘oyalar asosida kelajak avlodlar uchun xavfsiz va barqaror taʼlim muhitini yaratish imkonini beradi.