Imtiyozli ta’lim kreditlari
Mazkur ta’lim krediti 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi.
Kredit shartlari:
• yillik stavka – 13,5% (MB asosiy stavkasida)*;
• miqdori – oliy ta’lim muassasasida shartnoma asosidagi yillik kontrakt miqdorida**;
• muddati – o‘qishni tugatgandan so‘ng yettinchi oydan boshlab, 7-yil muddatga.
❗️Talaba xotin-qizlar ta’lim krediti foizlarini to‘lashdan ozod etiladi!***
Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
• oliy ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
• ta’minot hujjatlari.
✅ Ta’lim krediti rasmiylashtirish uchun arizalarni bank ofislarida va Talim-krediti.mf.uz (http://talim-krediti.mf.uz/) portali orqali qoldirish mumkin.
* Agar Markaziy bank asosiy stavkasi pasaysa, imtiyozli ta’lim krediti foiz stavkasi ham pasaytiriladi, agar asosiy stavka oshirilsa, kredit stavkasi ko‘tarilmaydi.
** Birinchi bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratilishi belgilangan.
*** Xotin-qizlarga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga to‘lab beriladi.