DTPIda yangi 2024-2025 o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
🏛 Tadbirda 1 kursga qabul qilingan talabalar, ularning ota-onalari ishtirok etishdi. So‘z olganlar mamlakatimizda yoshlarning oliy ta’limga jalb etishda amalga oshiliyotgan islohotlar haqida gapirdilar.
🔰 Ayni kunlarda DTPIda 4 ta fakultet va 16 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 8 ming nafarga yaqin talaba-yoshlarga 265 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. O‘qituvchilarning 6 nafari fan doktori (DSc), 58 nafari fan nomzodi (PhD), 40 nafari katta o‘qituvchi, 161 nafari assistent o‘qituvchilar bo‘lib, ilmiy salohiyat 25 foizni tashkil etmoqda.
✔️ Tadbir so‘nggida talabalar va ularning ota-onalari institutda tashkil etilgan Raqamli iqtisodiyot markaziga, Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, etnografiya muzeyga, Axborot resurs markaziga taklif etildilar. U yerdagi sharoitlar bilan tanishdilar.