Sunnatillo Rahmon ijodi
QANDAYIN YAXSHI
Zukkolik payidan bilimli bo‘lmoq,
Bilim istagida zavqlarga to‘lmoq,
Har jabhada teran fikr-la kulmoq,
Qanchalar farahbaxsh, qandayin yaxshi!
Gar bo‘lsa biliming, e’zozing bo‘lar,
Yuksaklik ko‘kida parvozing bo‘lar,
Hatto, poyingda yov bosh egib kelar,
Qanchalar farahbaxsh, qandayin yaxshi!
Irfondan o‘zgaga zorliging qolmas,
Nodonlar qo‘lida xorliging qolmas,
Suvdek sof qalbingga zog‘lar yo‘l olmas,
Qanchalar farahbaxsh, qandayin yaxshi!
“Omadli” – deb kimdir yonar hasadda,
Kimdir qilar duo, ruhing rag‘batda,
Aldamoqchi bo‘lgan qolar hayratda,
Qanchalar farahbaxsh, qandayin yaxshi!
Bilimli bo‘lsang gar, bo‘lmassan sarson,
Qadrlab boshingni silaydi zamon.
Hayoting yo‘lida to‘qnashmas armon,
Qanchalar farahbaxsh, qandayin yaxshi!
81