Hamkorligimiz mustahkamlanmoqda!
Xabaringiz bor, yaqinda institutimiz rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Novosibirsk viloyatida bo’lib, u yerdagi 5 ta nufuzli OTMlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolashga muvaffaqt bo’lgan edi.
Bugun Novosibirsk davlat iqtisod va boshqaruv instituti rahbarlari bilan kutilayotgan hamkorlik aloqalari to’g’risida onlayn uchrashuv bo’lb o’tdi.
Uchrashuvda hamkorlar tomonidan xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor V.N.Romashi, xalqaro aloqalar bo’limi boshligi Z.E.Zakirovichlar hamda institutimiz o’quv ishlar bo’yicha prorektor S.Allayarova, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i J.Ergashov, Xalqaro aloqalar bo’limi bosh mutaxasissi J.Choriyevlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda qo’shma ta’lim dasturlarini yaratish, rus tili bo’yicha onlayn o’quv kurslari tashkil qilish, o’qituvchi va talabalar almashinuvuni yo’lga qo’yish bo’yicha atroflicha kelishib olindi. Uchrashuv har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo’ldi.