Hurmatli DTPI professor-o‘qituvchilari hamda qadrli talabalar!
🇺🇿 Eng ulug’ va aziz ayyom Respublikamiz Mustaqilligining 33 yilligi arafasida Siz azizlarni, Sizlar orqali butun jamoamiz hamda talaba yigit-qizlarimizni chin qalbimdan samimiy qutlayman.
🇺🇿Barchamiz uchun qadrli bo‘lgan mazkur sanani jonajon O‘zbekistonimiz nomini mustaqil mamlakat sifatida dunyoga tanitgan, xalqimizga erkinlik olib kelgan, ezgu qadriyat va o‘lmas an’analarimizni tiklashga zamin yaratib bergan eng ulug‘ bayram sifatida ko‘tarinkilik bilan o‘tkazish an’anaga aylangan.
🇺🇿 Bundan keyin ham ushbu kun xalqimizga erkinlik olib kelgan sana sifatida abadiy tariximizda qoladi.
🇺🇿Yana bir bor Sizlarni Vatanimizning Istiqlol bayrami bilan tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadoningizga fayzu-baraka tilayman.
Go’zal yurtimizda tinchlik va osoyishtalik abadiy bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Oybek Ruziyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori