ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BO'YICHA PROREKTOR

RUSTAM SHUKUROV ESHONKULOVICH

  • Qabul vaqti: Har kuni 15:30 dan 16:30 gacha
  • Telefon: +998 76 228 08 27
  • Elektron pochta: r.shukurov@dtpi.uz

Vazifalar:

  • Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat taʼlim standartlari asosida ilmiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
  • Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʼyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va boʼlimlar, kafedra mudirlari va pedagog oʼqituvchilarning toʼliq bilishini taʼminlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va koʼrsatmalarini, ilmiy jarayonlarga oid masalalar boʼyicha universitet ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilgʼor mamlakatlar taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʼrganish, “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa taʼlimga oid qonunlar koʼrsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
  • Oʼquv-tarbiya jarayonida oʼqitishning ilgʼor shakllarini, shu jumladan masofadan turib oʼqitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Faoliyat yoʼnalishi boʼyicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Ilmiy tadqiqotchilik jarayonini taʼminlaydigan boʼlimlar, dekanatlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy jamoalar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Boʼlimlar, fakul tet va kafedralar, ilmiy laboratoriyalarning ilmiy tadqiqot sohasi boʼyicha ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  •  Ilmiy tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, professor-oʼqituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;
  • Oʼquv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, institut ilmiy-texnik kengashi ishlariga rahbarlik qilish, ilgʼor ilmiy va uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar toʼplamlarini universitet xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda institutning barcha taʼlim va ilmiy faoliyat yoʼnalishlari boʼyicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini toʼldirib turish boʼyicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʼmaklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulugʼbek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Professor-oʼqituvchilar va ilmiy tadqiqot ishlariga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari boʼyicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, boʼlimlar va ilmiy laboratoriyalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish; 
  • Boʼsh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrlarni ishga olib qolish boʼyicha takliflar tayyorlash, professor-oʼqituvchilar tarkibini yaxshilash rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • Ilmiy laboratoriyalaridan unumli foydalanish, laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora koʼrish, ular bilan shartnomani bekor qilish boʼyicha takliflar tayyorlash;
  • Ilmiy tadqiqot va taʼlim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni taʼminlash maqsadida xorij mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari va turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʼyicha takliflar tayyorlash;
  • Kafedralar, fakultet va boʼlimlarning yillik faoliyati hisobotlarini oʼtkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-oʼqituvchilarning ilmiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy yoʼnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-oʼqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • Oʼrnatilgan tartibda institutning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Institutni oʼrnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan oʼtkazish, tashqi attestasiyaga tayyorlash va oʼtkazishda faol ishtirok etish.
Язык