Lingvistik batl tashkil etildi
Filologiya fakulteti «O’zga tilli guruhlarda rus tili» ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 309-310-guruh talabalari o’rtasida «Hozirgi adabiy rus tili» fanidan lingvistik batl tashkil etildi.
Rus tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi R.X.Aminova tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu bilimlar bellashuvida talabalar mustaqil ta’lim topshiriqlarini qay darajada o’zlashtirganliklarini, mustaqil egallagan bilimlarini namoyish etishdi. Lingvistik batlda o’qitishning zamonaviy usullaridan samarali foydalanildi.
Qizg’in bahs-munozaralar hamda tortishuvlarga boy bo’lgan ushbu tadbirda har ikkala guruh talabalari faol ishtirok etishdi. Talabalarning ishtiroki ekspertlar tomonidan baholab borildi.
Fan kechalari, turli shakldagi bellashuvlarning muntazam ravishda tashkil etib turilishi talabalar o’rtasida do’stona raqobatning shakllantirishi hamda ularda ilm olishga bo’lgan izlanuvchanlikning oshirishi alohida ta’kidlab o’tildi.