REKTOR

RUZIYEV OYBEK ABDIMUMINOVICH
iqtisod fanlari nomzodi 

Qabul vaqti: Seshanba— 15:00 dan 17:00 gacha

  • Juma — 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998 91 581 20 11
  • Elektron pochta: rektor@dtpi.uz

Biografiya:

  • 1975-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan;
  • 1991-1991 yillar — Termiz shahridagi sport majmuasi mutaxasisi;
  • 1991-1996 yillar — Termiz davlat universiteti talabasi;
  • 1996-1996 yillar — Termiz davlat universiteti biznesni boshqarish kafedrasi assistenti;
  • 1996-1999 yillar — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kunduzgi bo‘lim aspiranti;
  • 1999-2001 yillar — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mintaqaviy iqtisodiyot va ekologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi;
  • 2001-2003 yillar — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotini o‘rganish Markazi mudiri;
  • 2003-2005 yillar — Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo‘yicha prorektori;
  • 2005-2012 yillar — Termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti dekani;
  •  2012-2013 yillar — Termiz davlat universiteti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori;
  • 2013-2017 yillar — Termiz davlat universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori;
  • 2017-2018 yillar — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori v.v.b;
  • 2018-2024 yillar  — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori;
  • 2023- h.v. — “Termiz iqtisodiyot va servis universiteti” nodavlat ta’lim muassasasi “Iqtisodiyot va aniq fanlar” kafedrasi dots.ntlik vazifasini bajaruvchi, o‘rindoshlik asosida katta o‘qituvchisi;
  • 2024-h.v. — Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori;

Oliy ta’lim muassasasi rektori lavozim vazifalari:

  • Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir boʼlgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori maʼlumotli malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
  • Davlat taʼlim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
  • Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini taʼminlash;
  • Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibiy tuzilmasidagi barcha boʼlinmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy taʼlim    muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
  • Xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish, ijtimoiy muhofazasini taʼminlash, intizomiy jazo choralarini qoʼllash;
  • Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning oʼzaro integrasiyasini taʼminlash;
  • Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yangi avlod oʼquv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va oʼquv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
  • Oʼquv-tarbiya jarayonida oʼqitishning ilgʼor shakllarini, shu jumladan, masofadan turib oʼqitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy gʼoyani shakllantirish;
  • Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi, izlanuvchilar institutga qabul qilish, oʼqishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini taʼminlash;
  • Professor-oʼqituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini taʼminlash;
  • Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat koʼrsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash;
  • Fakultetlar va kafedralar faoliyati, oʼquv jarayoni, maʼruzalar, amaliy va laboratoriya mashgʼulotlari, oʼquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashgʼulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini taʼminlash;
  • Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida mutaxassislar tayyorlanadigan yoʼnalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar oʼtkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informasion materiallarni keltirish), buning asosida davlat taʼlim standartlari, oʼquv dasturlari, oʼquv adabiyotlarini takomillashtirib borishni taʼminlash, ilmiy izlanishlarni yoʼnaltirib borish;
  • Marketing xizmatini rivojlantirib, taʼlim yoʼnalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni oʼrganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
  • Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, universitet Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, universitetning tarkibiy  tuzilishini  takomillashtirish,  tarkibiy  boʼlinmalarini  tashkil etish, tugatish, oʼzgartirish;
  • Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investisiya va grantlar jalb etilishini taʼminlash, qoʼshma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.) lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
  • Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
  • Taʼlim jarayonini boshqarish boʼyicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini taʼminlash.
Язык