Ayni damda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz timsollarini aholi vakillari, xususan yoshlar o’rtasida keng targ’ib etish, ularda milliy urf-odatlarimizga hurmat hamda vatanparvarlik tuyg’ularini mustahkamlash maqsadida o’tkazilishi rejalashtirilgan «Xon Atlas» festivali start oldi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida «Milliy qadriyatlar kuni»


🏛 Bugun DTPIda talaba-yoshlar o‘rtasida milliy urf-odat va qadriyatlarga bo’lgan munosabatni yanada yuksaltirish, mafkuraviy xurujlarga qarshi miliy gʻoya asosida birgalikda kurashish, oila, taʼlim muassasasi va mahalla hamkorligini mustahkamlash, shu asosda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash koʻnikmasini shakllantirish maqsadida “Miliy qadriyatlar kuni” bo’lib o’tdi.

🔰 Mazkur tadbir doirasida erta tongdan institutimiz stadionlarida milliy sport o’yinlari o’tkazildi, shuningdek, oliygohimiz xotin-qizlari ham milliy liboslarda o’zbeklarga xos urf-odatlarni namoyish etishdi.

✅ «Milliy qadriyatlar kuni»ga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir yakunida fakultet jamolari ishtirokchilari «Milliy libos», «Milliy sport», «Milliy raqs» kabi nomi nominatsiyalar kesimida taqdirlanishdi.

⁉️ Ma’lumot o’rnida, DTPI da ushbu kun doirasidagi tadbirlar davom etadi! Roppa-rosa 1 soatdan so’ng oliygohimizda «Osh chempionati» bo’lib o’tadi.

Talabalar bahori

 Ayni damda Termiz shahrida bo’lib o’tayotgan Surxondaryo tajribasi misolida “Talabalar bahori” yoshlar festivali jarayonlaridan  fotolavhalar. Festivalda institutimiz rektori G‘.X.Raximov boshchiligidagi jamoamiz ham faol ishtirok etishmoqda. 

Tanlov tashkil etildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorini, iste’dodini namoyon qilish va rag’batlantirish maqsadida joriy yilning 24-noyabr sanasida «Milliy maqom san’ati» festivali bo’lib o’tdi.
Festival doirasida «Xonandachilik» va «Sozandachilik» yo’nalishi bo’yicha tanlov tashkil etildi.

Язык