Talabalar turar joylari haqida ma’lumot
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida3 ta Talabalar turar joylari mavjud.
1-sonli Talabalar turar joyi Denov tumani Qo‘zichoqli MFY Gulira’no ko‘chasi 1-A-uy manzilida joylashgan. Bino 2023-yil qurilgan, 5 qavatdan iborat bo‘lib, sig‘imi 750 o‘rinli, Jami xonalar soni 305 ta, yashash xonalar soni 203 ta.
Hozirgi kunda 693 nafar talabalar istiqomat qiladi. Shulardan 322 nafari qiz bolalar.
2-sonli Talabalar turar joyi Denov tumani Istiqbol MFY Sharof Rashidov ko‘chasi 360-A-uy manzilida joylashgan. Bino 2004-yil qurilgan, 2 qavatdan iborat bo’lib, sig‘imi 75 o‘rinli, Jami xonalar soni 26 ta, yashash xonalar soni 22 ta.
Hozirgi kunda 75 nafar talaba-qizlar istiqomat qiladi.
3-sonli Talabalar turar joyi binosi Sariosiyo tumani Gulobod MFY Istiqbol ko‘chasi 49-uy joylashgan. Bino 2007-yil sentabr oyidan boshlab institut talabalari uchun foydalanishga topshirilgan, 2 qavatdan iborat bo‘lib, sig‘imi 75 ta, jami xonalar soni 28 ta, yashash xonalar soni 22 ta.
Hozirgi kunda 75 nafar talaba-qizlar istiqomat qiladi.
Talabalar turar joylarida talabalar uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida dam olish, ovqatlanish, internetdan foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish uchun 7 ta ma’naviyat xonasi, 13 ta oshxona, 7 ta dam olish foyesi (3 ta televizor bilan jihozlangan), 4 ta kir yuvish xonasi (20 ta kir yuvish mashinasi), 35 ta muzlatgich, 4 ta tibbiy xizmat ko‘rsatish punkti va 18 ta Wi-Fi qurilmalari o‘rnatilgan.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan talabalarning inklyuziv ta’lim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilganligi

Язык