Denov tadbirkorlik va pedagogikada tashkil etiladigan tanlov va bayram tadbirlari hamda muhim sanalarni tashkil etishda, institut va talabalar hayoti bilan bevosita bog‘liq tadbirlarda ijtimoiy faollik ko‘rsatgan talabalar va iqtidorli, jamoat ishlarida faol bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir va imkoniyati cheklanganligini inobatga olgan holda ularni moddiy rag‘batlantirish maqsadida maxsus tashkil etilgan talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi tomonidan ma’lum miqdordagi pul mukofotlari, qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan  taqdirlash orqali rag‘batlantirish amalga oshiriladi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika inistitutida 31.01.2020 yildagi Vazirlar Mahkamasining 59-sonli Qarori aosida tashki etilgan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2021-yilda 456 nafar iqtidorli, jamoat ishlarida faol bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir, imkoniyati cheklanganligini inobatga olgan holda moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 304 637 574 million so‘m rag‘batlantirish va moddiy yordam (budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar) berildi.

2022-yilda 799 nafar iqtidorli, jamoat ishlarida faol bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir, imkoniyati cheklanganligini inobatga olgan holda moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 633 174 422 million so‘m rag‘batlantirish va moddiy yordam (budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar) berildi.

2023-yilda 615 nafar iqtidorli, jamoat ishlarida faol bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir, imkoniyati cheklanganligini inobatga olgan holda moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 361 176 552 million so‘m rag‘batlantirish va moddiy yordam (budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar) berildi.

2024-yilda 20 nafar koordinator va Qalqon jamoasi a’zolariga  15 510 000 million so‘m to‘lab berildi.

 

Mahallam faxrim

Faol talabalar e’tirofda

 

Язык