Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida rektor va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi
Bugun, 10-iyul kuni institut faollar zalida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ro‘ziyev joriy yilda o’qishni tamomlayotgan bitiruvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etdi. Tadbirda institut ma’sullari hamda bitiruvchilarning ota-onalari ham ishtirok etishdi.
✅ Mazkur tadbir doirasida DTPI rektori so’zga chiqib, bitiruvchilarni hayotlaridagi ilk katta yutuqlari bilan samimiy qutladi, shuningdek, ularning ota-onalariga ham berilgam ishonch uchun o’z minnatdorligini bildirib, yoshlarning keyingi ishlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
❇️ Shundan so’ng 16 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida jami 1586 nafar (kunduzgi 1026 nafar, sirtqi 560 nafar) talabalar hamda 8 ta magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplomlar topshirildi.