TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga xususiy tashabbuskor “SURXON-QURILISH SERVIS” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hududida (0,3 gektar) 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli; | Loyiha konsepsiyasi; |
Loyiha to‘g‘risida ma’lumot. |
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 13-sentabr 23:59 ga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarning hammasiga yuborishlari kerak:
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti |
Elektron pochta manzili: info_dtpi@edu.uz |
Telefon raqami: +998 (99) 282 16 00 |
Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov shahri, Sh.Rashidov koʻchasi 360 uy, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hududi. |
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi manzili |
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz |
Telefon raqami: +998 55 520-08-08 (195) |
Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy. |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz |
Telefon raqami: 71 203-50-50 (01936). |
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy |
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.
«Chilla — iste’dodlar mavsumi» madaniy-ma’rifiy tadbiri
🏛 Denov shahri markazidagi “Afrosiyob” istirohat bog‘ida «Chilla — iste’dodlar mavsumi» madaniy-ma’rifiy tadbiri doirasida milliy qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan “Qo‘qon shamoli” badiiy filmi namoyish etildi.
Chilla iste’dodlar mavsumi
🏛 Denov shahri markazidagi “Afrosiyob” istirohat bog‘ida «Chilla — iste’dodlar mavsumi» madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo‘nalishining iste’dodli talabalari hamda “Chag‘oniyon” folklor etnografik ansanbli tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi
Parij-2024 Olimpiya o’yinlari
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoamizga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.
Oliygohimizda bitiruvchilarga diplom topshirish jarayonlari davom etmoqda
🔰 Xabaringiz bor, ayni kunlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2023/2024-o’quv yilini tamomlagan bitiruvchilarga fakultetlar kesimida belgilangan grafik asosida bakalavr mutaxassislik diplomlari topshirilmoqda.
✅ Shu jumladan bugun, 27-iyul kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ro’ziyev Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi bitiruvchi talaba-yoshlari bilan uchrashdi va ularga bakalavr diplomlarini topshirdi. Tadbir davomida rektor bitiruvchilarni hayotlaridagi ilk katta yutuqlari bilan samimiy qutlab, yoshlarning keyingi ishlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
🆔 Eslatma: Bitiruvchilar bakalavr diplomlarini “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot platformasi (student.adu.uz) tizimining talaba hujjati boʻlimidan elektron shaklda olishlari mumkin.
“Biz bir bo‘lsak, yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz”
“Biz bir bo‘lsak, yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz”. Ayni shior ostida Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” ilm-ma’rifatni yanada keng targ‘ib etib, xalqimizni ma’nan birlashtirayotganligi bilan ham ahamiyatlidir. Denov tumanida o‘tkazilgan tadbirlar xususida muxbirlarimiz. Batafsil o’qish
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Yurtboshimiz 67 yoshda
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan tabriklayman.
Men Ashurova Maftuna Ortiq qizi yaqinda Sizning «Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoningizga ko‘ra, tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlar qatorida men ham «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandim.
Ayni vaqtda men faoliyat ko‘rsatayotgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Sizning tashabbusingiz bilan “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4681 qaroringizga asosan 2020-yil 17-aprelda o‘z faoliyatini boshlagan.
Institutimiz dastlabki yillarda 2 ta fakultet bilan ish boshlagandi. Hozirgi kunda 4 ta fakultet, 16 ta kafedra mavjud bo‘lib, 24 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 12 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 8212 nafar talaba yoshlarga ta’lim berilmoqda. Ilmiy salohiyat dastlabki yillarda 17 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatgich 25 foizga yetdi. Bularning bari Sizning odilona siyosatingiz mahsulidir.
Hurmatli Shavkat Miromonovich, yana bir bor tavallud kuningiz bilan muborakbod etaman! Dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘layotgan O‘zbekiston Sizning rahbarligingizda bundan keyin ham taraqqiyotning ulkan marralarini zabt etishiga ishonch bildiraman!
Sizga hurmat bilan, DTPI o’qituvchisi Maftuna Ashurova