Talabalar diqqatiga! Yotoqxona uchun ariza topshirishga shoshiling!
⚡️2- va undan yuqori kurs talabalari uchun talabalar turar joyiga joylashish uchun ilk taqsimot 15-avgust sanasidan boshlanadi
Joriy yilning 1-avgustidan 15-avgustigacha kelib tushgan arizalar o‘rtasida dastlabki taqsimot o‘tkaziladi.
Unda Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng ustuvorliklar ketma-ketligi asosida boshqalarga beriladi. Keyingi yakuniy taqsimot 25-avgustda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Talabgorlar arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Talabaga madad
🏢 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 30-iyuldagi 269-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-avgustidan 10-sentyabrigacha bo‘lgan muddat “Dolzarb qirq kunlik” sifatida belgilandi.
✅ Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida «Talabaga madad» shiori ostida talabalar turar joylari va ijara xonadonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
🖌 «Talabaga madad» shiori ostida talabalar va ularning ota-onalariga xizmat ko’rsatish jarayonlari boshlab yuborildi.
Mamlakatimizda matbuotning o‘rni
🏛 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan “Ochiq muloqot” shaklida “Mamlakatimizda matbuotning o‘rni” mavzusida dildan suhbatlashdilar. Muloqotda DTPI rektori O.A.Ruziev institutda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
🖌 “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri Abdurasul Jumaqulov, Surxondaryo viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Zahiriddin To‘raev, taniqli jurnalist Safar Omonqulovlar mamlakatimizda Ommaviy-axborot vositalari, bosma nashr, matbuot xizmatlarining o‘rni mavzularida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Endilikda ilmiy rahbarligida DSc (yoki 2 ta PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilinganligi mustaqil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 415-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7014313) tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
➖Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti etib qayta nomlandi.
➖institutning asosiy vazifalari va yangi tuzilmasi tasdiqlandi.
▪️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi (https://lex.uz/uz/docs/-2057279).
▪️Shuningdek, hukumatning 797-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-4526545) (23.09.2019-y.) bilan tasdiqlangan nizomga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan:
malaka oshirishning muqobil shaklini bajargan tinglovchilardan mutaxassislik bo‘yicha mahorat darsini o‘tib berish majburiyati olib tashlandi;
masofaviy malaka oshirish kurslari tinglovchilariga kurs yakunidagi test sinovlari hamda bitiruv (loyiha) ishi himoyasiga onlayn ishtirok etishga ruxsat berildi;
xorijiy mamlakatlarda umumiy davomiyligi 4 hafta yoki 144 soat miqdoridan kam bo‘lmagan malaka oshirish yoki stajirovka o‘tash muqobil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi.
▪️Quyidagilar muqobil malaka oshirish shaklidan mustaqil malaka oshirish shakliga o‘tkazildi:
➖xorijiy mamlakatlarda qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovkalar;
➖pedagoglar tomonidan davlat buyurtmasi asosida yaratilgan ijodiy ishlar;
➖yakka mualliflikda tayyorlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalar;
➖ilmiy rahbarligida DSc (yoki 2 ta PhD) darajasini olish uchun dissertatsiyalarning himoya qilinganligi.
6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
🟥Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablar) sabablarga koʻra rad etilgan.
⭐️Shuni inobatga olib, 1–30-iyul kunlari magistr.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 6–8-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
❌Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.
Sayohat
🏛 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ 232-sonli qarorining 16-bandi ijrosini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari, xodimlari Oltinsoy tumanida joylashgan Xo‘ja Muhammad Mavlono Zohid va So‘fi Olloyor maqbaralarida bo‘lishdi.
🖌 Turli sport o‘yinlari tashkil etildi. Tabiat qo‘yniga sayohat uyushtirildi.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
🏛 Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari hamda tyutorlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi 269-son buyrug’i ijrosini ta’minlash, 2024-2025 o’quv yilida talabalarni turar joy topishiga yordamlashish, o’quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida yaqin hududdagi «Totuvlik» va » Ko’zichog’li» MFYga tashrif buyurishdi.
🔰 Tashrif davomida mahalla faollari bilan uchrashib, talabalarni ijaraga qo’yadigan xonadonlarni ko’zdan kechirdi. Xonadon egalari bilan suhbat uyushtirilib ijara xonadonida yaratilgan sharoitlar, uning narxi, ijarachi soni va xonadon egalarining turmush tarzi o’rganildi.
Eng namunali “Talabalarni turar joy bilan ta’minlash” markazlari 30 mln so‘mgacha mukofotlanadi
1-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov rahbarligida oliy ta’lim muassasalarida talabalarini turar joy bilan ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda yangi o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish, o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan tezkor ta’minlash masalalari muhokama qilinib, bunda yuzaga keladigan jiddiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida 1-avgustidan 10-sentabrigacha bo‘lgan muddat “dolzarb qirq kunlik” sifatida belgilangandi.