Endilikda ilmiy rahbarligida DSc (yoki 2 ta PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilinganligi mustaqil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 415-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7014313) tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
➖Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti etib qayta nomlandi.
➖institutning asosiy vazifalari va yangi tuzilmasi tasdiqlandi.
▪️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi (https://lex.uz/uz/docs/-2057279).
▪️Shuningdek, hukumatning 797-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-4526545) (23.09.2019-y.) bilan tasdiqlangan nizomga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan:
malaka oshirishning muqobil shaklini bajargan tinglovchilardan mutaxassislik bo‘yicha mahorat darsini o‘tib berish majburiyati olib tashlandi;
masofaviy malaka oshirish kurslari tinglovchilariga kurs yakunidagi test sinovlari hamda bitiruv (loyiha) ishi himoyasiga onlayn ishtirok etishga ruxsat berildi;
xorijiy mamlakatlarda umumiy davomiyligi 4 hafta yoki 144 soat miqdoridan kam bo‘lmagan malaka oshirish yoki stajirovka o‘tash muqobil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi.
▪️Quyidagilar muqobil malaka oshirish shaklidan mustaqil malaka oshirish shakliga o‘tkazildi:
➖xorijiy mamlakatlarda qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovkalar;
➖pedagoglar tomonidan davlat buyurtmasi asosida yaratilgan ijodiy ishlar;
➖yakka mualliflikda tayyorlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalar;
➖ilmiy rahbarligida DSc (yoki 2 ta PhD) darajasini olish uchun dissertatsiyalarning himoya qilinganligi.