Talabalar ijara xonadonlari bazasini shakllantirish ishlari davom etmoqda..
Oliy ta’lim muassasalari rahbariyati tomonidan talabalar ijara xonadonlari bazasi shakllantirilib, shu bilan bir qatorda mazkur xonadonlarda talabalar istiqomad qilishlari uchun mavjud qulayliklar o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;
Namangan to‘qimachilik sanoati instituti;
Andijon davlat tibbiyot instituti;
Buxoro davlat pedagogika instituti;
Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
Qarshi davlat universiteti;
Toshkent davlat agrar universiteti.
Davlat rahbarlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar
Ikki tomonlama muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallarini tantanali ravishda ochdilar.
O‘zbek va qozoq oliygohlari filiallarining o‘zaro ochilishi ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanayotganidan yana bir dalolat bo‘ldi.
Mazkur ta’lim muassasalarida talab yuqori bo‘lgan texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi.
9 ta sport turi boʻyicha “Talabalar ligasi” oʻtkaziladi
2024-yil 7-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati boshchiligida 2024/2025-oʻquv yili “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha Sport federatsiyalari vakillari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab 9 ta (futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, gandbol, badminton, yengil atletika, milliy kurash) sport turi boʻyicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qoʻshma qaror va nizom ishlab chiqishga kelishildi. Yangi oʻquv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim muassasalarida sport musobaqalari oʻtkazilishi boʻyicha tegishli choralar koʻrish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
Ilmiy seminar
🏢 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi PF-165-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida Oʻzbekistonda ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi oʻsish nuqtalarini oʻrganib, tahlil natijalariga koʻra amalga oshirilgan ishlarning joriy holatiga baho berish va kelgusida chora-tadbirlar boʻyicha takliflarni tayyorlash vazifasi bo’yicha “Munis” loyihasi doirasida, hududiy innovatsion ekotizim ishtirokchilari, ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga aloqador mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, texnoparklar, innovatsion markazlar, ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferini tijoratlashtirish boʻlimlari, biznes-inkubatorlar va boshqa manfaatdor taraflar bilan strategik sessiyalarni oʻtkazish maqsadida maxsus shakllantirilgan ekspertlar guruhi tomonidan TerDUda ilmiy seminar tashkil etildi.
Ko’zi ojizlar uchun imtihon bo‘lib o‘tdi
🖌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 3-ilovasi, ya’ni, “Oliy ta’lim muassasalariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish” tartibi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2024-yil 31-iyuldagi 10-2135-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 7 avgust kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ko’zi ojizlar uchun imtihonlar o’tkazildi. Imtihon jarayonlari shaffof va adolatli tarzda belgilangan komissiya a’zolari tomonidan baholab borildi.
Saylov uchastkasi holati ko‘zdan kechirildi
🖋 Xususan, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti binosida joylashgan 623-saylov uchastkasi hamda Denov tuman 81-sonli umumiy o’rta ta’lim maktab binosida joylashgan 626-saylov uchastkasida saylov jarayonlariga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida DTPI rektori O.Ruziyev boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurishib, uchastka hududining obodonlashtirish ishlari va bino holatini ko’zdan kechirishdi. Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha takliflarini berishdi.
O’zbekiston-Yaponiya: Oliy ta’limda hamkorlik
🖌 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekistonda oliy ta’lim transformatsiyasi” “Yaponiya bilan hamkorlikda innovatsiya va global mukammallik sari” mavzuchida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
✅ Unda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.N.Allayarova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Talabalar diqqatiga! Yotoqxona uchun ariza topshirishga shoshiling!
⚡️2- va undan yuqori kurs talabalari uchun talabalar turar joyiga joylashish uchun ilk taqsimot 15-avgust sanasidan boshlanadi
Joriy yilning 1-avgustidan 15-avgustigacha kelib tushgan arizalar o‘rtasida dastlabki taqsimot o‘tkaziladi.
Unda Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng ustuvorliklar ketma-ketligi asosida boshqalarga beriladi. Keyingi yakuniy taqsimot 25-avgustda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Talabgorlar arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Talabaga madad
🏢 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 30-iyuldagi 269-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-avgustidan 10-sentyabrigacha bo‘lgan muddat “Dolzarb qirq kunlik” sifatida belgilandi.
✅ Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida «Talabaga madad» shiori ostida talabalar turar joylari va ijara xonadonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
🖌 «Talabaga madad» shiori ostida talabalar va ularning ota-onalariga xizmat ko’rsatish jarayonlari boshlab yuborildi.