Jarayon
🔰 Joriy yilning 29-oktyabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faollar zalida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining Denov tuman saralash bosqichi bo’lib o‘tdi. Unda tumandagi iqtidorli qizlar qatorida institut bosqichida g’olib bo‘lgan bilimli, iste’dodli talaba qizlarimiz ham faol ishtirok etdilar va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Rektor bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan Oltinsoy tumanidagi 27-sonli umumta’lim maktabida ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur muassasada 756 nafar o‘quvchilarga 70 nafar o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya bermoqda. O‘qituvchilarning toifa ko‘rsatkichi 40 foizni, shundan 1 nafari (1,5 foiz) oliy toifali, 6 nafari (8,5 foiz) birinchi toifali, 21 nafari ikkinchi toifali (30 foiz) o‘qituvchilarni tashkil etadi. Institutdan biriktirilgan xorijiy til quyi kurs kafedrasi tomonidan toifasiz o‘qituvchilarni kasbiy qayta tayyorlash yuzasidan kurslar tashkil qilinib, kelgusi o‘quv yiliga qadar maktab uchun og‘riqli muammo bo‘lib turgan toifa ko‘rsatkichini 80-100 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Shuningdek, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi sinf o‘quvchilarini oliy ta’limga uzluksiz tayyorlab borish maqsadida muassasada “Abituriyent shtabi” tashkil etildi va bu loyiha keyingi 5 yil davomida bitiruvchilarning kamida 50 foizini oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi bilan o‘z natijasini beradi. Maktab bitiruvchilarini yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda jahonning TOP-1000 talik ro‘yxatiga kiruvchi xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish testlariga tayyorlash vazifasi yuzasidan tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda.
Bugun mazkur vazifalar bilan maktab bitiruvchilarini tanishtirish maqsadida institut rektori O.Ruziyev o‘quvchilar bilan bevosita muloqot o‘tkazdi. Muloqot ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi, o‘quvchilarning savollariga tegishli javoblar berildi.
E’tirof
👮🏻 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti profilaktika inspektorlari mayor O.Toshtemirov va leytenant S.Suvonavalar ham o‘zlarining kasb bayramlarini nishonlashdi.
🇺🇿 Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, fuqarolarning, talabalarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli va sharafli xizmatlari e’tirofi sifatida kecha bo‘lib o‘tgan Kengash muhokamasida institutimiz rektori O.A.Ruziyev va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.N.Allayorovalar ularni institutimiz jamoasi nomidan kasb bayramlari bilan muborakbod etishdi.
Xalqaro hamkorlik aloqalari
Xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga quyish va mustahkamlash maqsadida 29.10.2024 yili Novosibirsk shahrida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Novosibirsk iqtisodiyot va boshqaruv davlat universiteti o`rtasida hamkorlik aloqalari kelishib olindi va o’zaro memorandum imzolandi.
Ochiq eshiklar kuni
🏛 Joriy yilning 26-oktyabr kuni institutimizga tashrif buyurgan 29 — umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari uchun o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da o‘quvchilarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirishga, ularga yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini yetkazishga, shuningdek, institutning ilmiy, o‘quv va yoshlar bilan ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishtirishga e’tibor qaratildi.
🔰 Bundan tashqari OTM binolari, axborot-resurs markazi, sport zallari kabi talaba-yoshlarning ta’lim olishi, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham ma’lumotlar berildi.
A.Navoiy ijodiy merosi targ’iboti
🏛 Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallaydi.
📚 Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tyutorlari tomonidan ma’rifat soati davomida fakultet ARMda kitobxonlik va A.Navoiy ijodiy merosi targ’iboti amalga oshirildi. 6BH-24 guruh talabalari tomonidan sahna ko’rinishlari ijro etilib, monolog va diologlar o’qildi.
Jarayon
Filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan maktablar bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida Oltinsoy tumanidagi 27-sonli umumta’lim maktabi bilan ta’lim-tarbiya jarayonlarini yaxshilash maqsadida samarali hamkorlikni izchil davom ettirmoqda.
Jumladan, kafedra tashabbusi bilan maktab psixologi huzurida “Abituriyent shtabi” tashkil etildi. Maktab bitiruvchilari uchun respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan OTMlar, mavjud bakalavriat yo‘nalishlari, kirish imtihonlari haqida ma’lumotlar bazasi, namunaviy testlar, testlarni yechish bo‘yicha tavsiyalar, o‘quv dasturlari, darsliklar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktab o‘quvchi-yoshlari bilan ochiq muloqot olib borib, ularning fikr va takliflarini o‘rganish, ta’lim sifati, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Hurmatli talabalar, agar Siz oliy ta’limda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz quyidagi aloqa kanallariga chiqing.
❇️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
Ishonch telefoni 1253
Murojaatlar uchun elektron platforma eanticor.uz
❇️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ishonch telefoni 1006
Murojaatlar uchun telegramm @eduuzanticor.bot
❇️DTPI korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi:
Ishonch telefonlari 97-076-06-07, 97-699-50-55
Murojaat uchun telegramm @Korrupsiya_DTPI_bot
⚡️DTPI korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi
YOSHLARNING BO’SH VAQTI YETAKCHINING ISH VAQTI
🏢 Denov Tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati hududiy kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya tomonidan yo’nalish koordinatorlar hamda fakultet yetakchiligiga nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
✅ Mazkur suhbat jarayonida 60 nafar iqtidorli, iste’dodli talaba-yoshlarimiz ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa komissiya tomonidan 10 nafar iqtidorli talaba-yoshlar bir oy sinov muddati bilan Institut koordinatorligiga va fakultet yetakchiligiga saylandilar.