XODIMLAR BO'LIMI

SULTANOV ORIFJON SODIQOVICH

  • Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma kunlari —                          14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998 76 228 08 27
  • Ichki raqam: 101
 

Xodimlar bo’limi boshlig’ining lavozim vazifalari:

•  Ma’muriy-boshqaruv,professor-o‘qituvchilar,o‘quv-yordamchi, muhandis-texnik va xo‘jlik xodimlari tarkibini universitet rahbariyati bilan birgalikda  tanlash;

•  Institut talabalari va xodimlarining shaxsiy hujjatlarini yuritilishni nazorat qilish;

•  Belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida institut xodimlarining statistik xisobotini tayyorlash;

•  Mehnat daftarchalarini  yuritishni O‘zbekiston Respublikasi  Mehnat Kodeksi talablariga rioya qilgan holda hisobini olib borishni nazorat qilish;

•  Kadrlar bo‘limi xodimlari ish faoliyatiga bevosita  rahbarlik qilish;

•  Shtatlar jadvaliga binoan xodimlarni ishga olish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida mehnat qonunchiligiga amal qilgan holda buyruqlar loyihalarini tayyorlash;

•  Xodimlarning mehnat intizomi va ichki mehnat qoidalari tartibiga rioya qilishlarini universitet kasaba uyushmasi bilan birgalikda nazoratini tashkil etishda ishtirok qilish;

•  Professor-o‘qituvchilar tanlovini tashkil qilish va bo‘sh lavozimlarni egallash uchun tanlovdan o‘tuvchi professor-o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirish;

•  Institutda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga guvohnoma  va ma’lumotnomalar  berish (berish tartibini va unga mutasaddi shaxsni  rektor  belgilaydi).

•  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar, namunalar asosida talabalarning qabul qilinishi va o‘qitilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ish yurituv hujjatlarini bo‘lim xodimlari tomonidan yuritilishini nazorat qilish;

Malaka talablari:

•  Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

•  Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlari;

•  Oliy ma’lumot;

•  Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur

Xodimlar bo‘yicha muhandis inspektor (1,2-toifali) lavozim vazifalari:

•  Institut xodimlar shaxsiy tarkibining hisobini olib borish;

•  Xodimlarni ishga qabul qilinishi, bo‘shashi va boshqa ishga o‘tkazilishi haqidagi buyruq loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish;

•  Xodimlarning mehnat daftarchalarini to‘ldirish, hisobga olish, saqlash va ularga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritish;

•  Institut xodimlarining mehnat ta’tili jadvallari hisobini mehnat qonunchiligi asosida tuzish;

•  Xodimlarga mehnat faoliyati haqida ma’lumotnomalarni tayyorlash va taqdim etish;

•  Shaxsni tasdiqlovchi guvoxnomalar, ma’lumotnomalarni taqdim etish va ularni ro‘yxatga olish;

•  Statistik hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish;

•  Yuqori tashkilotlarning rasmiy so‘rovnomalari asosida ma’lumotlar tayyorlash va ularni belgilangan tartibda ijrosini ta’minlash;

•  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar, namunalar asosida talabalarning qabul qilinishi va o‘qitilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ish yurituv hujjatlarini yuritish;

•  Belgilangan formalar bo‘yicha statistik hisobotlarni tayyorlash;

•  Akademik ma’lumotlarni tayyorlashda o‘quv bo‘limi xodimlariga ko‘maklashish;

•  Talabalarni o‘qishga qayta tiklash, boshqa oliy o‘quv yurtiga o‘tkazish, mutaxassislikni o‘zgartirish,  sog‘ligi holatiga ko‘ra yoki oilaviy sharoitiga ko‘ra akademik ta’tillarni berish haqidagi buyruq loyihalarini tayyorlash;

•  Boshqa institutlarga o‘tkazilgan (rasmiy so‘rovnoma asosida) talabalarning shaxsiy hujjatlarini tayyorlash va yuborish;

•  Yuqori tashkilotlarning rasmiy so‘rovnomalari asosida ma’lumotlar tayyorlash va ularni belgilangan tartibda taqdim etish;

•  Davlat namunasidagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni hisobga olish va saqlash;

Bilishi kerak: 

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlar, DTPI ichki tartib-qoidalari.

Язык