«Dekan va talaba yoshlar uchrashuvi»
🏢 Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti dekani, Toshboboyev Maqsud Jalilovich «Dekan va talaba yoshlar uchrashuvi» tadbiri doirasida fakultetning uchinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi.
🖌 Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv avvalida M.Toshboboyev yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasi o‘laroq, barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida ham juda ulkan yangilanishlar, ta’lim oluvchilar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilganini, o‘z navbatida yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o‘qib, o‘rganib, kelajakda Yangi O‘zbekiston aniq fanlari rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishlari lozimligini ta’kidladi.
🖌 Fakultetda yoshlar bilan muloqot qilish doimiy an’ana ekanligini, ularning tashabbuslari va takliflarini amalga tadbiq etishga doimo tayyor ekanligini bayon qilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirildi.