YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT BO'LIMI
ABDULLAYEV SHAKARBEK IZZATULLAYEVICH
- Qabul vaqti: Seshanba — 10:00 dan 17:00 gacha Payshanba — 10:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +998 88 243 42 46
- Elektron pochta: abdullayevshakarbek@gmail.com
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi institutda milliy mustaqillik g‘oyalariga, xalqning boy milliy va madaniy–tarixiy an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy–ahloqiy tarbiyalash tashkil etilishini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash monitoringini olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib boradi.
Institutda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib boradi, ma’naviy-ma’rifiy sohaga tegishli ma’lumotlar bazasini yaratadi va uning yangilanib borishini ta’minlaydi.
Psixolog, talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi professor–o‘qituvchilar va talabalar ijtimoiy–ruxiy holatini o‘rganish yuzasidan tadqiqot ishlarini tashkillashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Institutda, talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishiga boshchilik qiladi.
Institutda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tadbirlarini, sport musobaqalarini tashkil etishda o‘rnatilgan tartibda ko‘maklashadi.
Fakultet dekanlarining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va jamoatchilik kengashlari, jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ma’naviyat, ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilash ishlash bo‘limi institutda o‘tkaziladigan, talabalalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga mo‘ljallangan ma’naviy va ma’rbfiy tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Bo‘limning maqsadi:
Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyo qarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, yoshlar dunyo qarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har xil “ommaviy madaniyat” xurujlaridan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, va mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
Bo‘limning vazifalari:
- Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq chora-tadbirlarni o‘tkazish;
- Talaba-yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish imunitetini yanada kuchaytirish maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar tashkil etish.
- Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish
- Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga ko‘maklashish;
- Institutda ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur normativ hujjatlar ham tavsiyalar ishlab chiqish;
- Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatib kelayotgan fondlar, ijtimoiy tashkilotlar bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.
Bo‘limning huquqlari:
- Fakultetlardagi ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy ishlarni nazorat qilish;
- Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq vazirlik buyruqlari ham ko‘rsatmalarini fakultetlarda bajarilishini nazorat qilish,
- Dekanlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash, hamda vazifalardan ozod qilishga bog‘liq yig‘ilishlarda doimiy ravishda o‘z tavsiyalari bilan qatnashish.
- Ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko‘rsatmalar, tavsiyalar beradi;
- Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalarida «Ma’naviy-ma’rifiy ishlari» sohasiga tegishli bandiga to‘liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
- Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari olib boradigan ishlar bo‘yicha belgilangan tartibda muntazam bo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi;
- Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko‘rsatgan bo‘lim, fakultet, kafedra jamoatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiyalar beradi.