O'QITISHNING TEXNIK VOSITALARI BO'LIMI

RAXIMOV RUSTAM YUSUPOVICH

  • Qabul vaqti: Dushanba — 10:00 dan 17:00 gacha,                                         Payshanba — 10:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998 99 717 54 40

O‘qitishning texnik vositalari bo‘limi boshlig‘i– Raximov Rustam Yusupovich. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining 2021 yil №107-son raqamli bo‘yrug‘i bilan lavozimga tayinlangan.  O‘qitishning  texnik vositalari bo‘limida  3 ta xodim faoliyat ko‘rsatib kelmoqda                            

Biografiya:

1965-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan.

1972-1982-yillarda  Suraxondaryo viloyati Denov tumanidagi 30-o‘rta maktab o‘quvchisi.

1983-1984-yillarda Suraxondaryo viloyati Denov tumani Yog‘ochni qayta ishlash  bazasida ishchi.

1984-1986-yillarda armiya safida harbiy xizmatda;

1986-1987-yillarda Suraxondaryo viloyati Denov tumani Yog‘ochni qayta ishlash  bazasida ishchi.

1987-1989-yillarda Toshkent o‘rta maxsus militsiya maktabi tenglovchisi.

1989-1995-yillarda Surxondaryo viloyati Denov tuman IIB da uchastka noziri;

1995-2000-yillarda  O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqshunos fakultetini sirtdan tamomlagan ;

2000-2002-yillarda Surxondaryo viloyati Denov tuman IIB da xar xil lavozimlarda ishlagan;

2002-2007-yillarda Surxondaryo viloyati prokuraturasi xuzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi katta surishtiruvchisi lavozimida ishlagan ;

2007-2008-yillarda Surxondaryo viloyati  Uzun tuman Davlat Soliq Inspeksiyasida ma’muriy amaliyotni tashkil etish shu’basi bosh inspektori  lavozimida ishlagan ;

2012-2013-yillarda Surxondaryo viloyati Denov tuman Moliya bo‘limida Huquqshunos maslaxatchisi lavozimlarda ishlagan;

2020-2021-yillarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yuriskosultanti lavozimida ishlagan ;

2021yildan xozirgi vaqtgacha  Surxondaryo viloyati Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qitishning texnik vositalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

O‘qitishning texnik vositalari bo‘limining asosiy vazifalari. 

Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;

O‘quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.

    O‘quv jarayoniga zamonaviy texnik vositalar va o‘quv texnologiyalarini joriy etish orqali institutni bitirgan mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish. Institut xodimlarining texnik tayyorgarligi darajasini oshirish. Institut professor-o‘qituvchilarining uslubiy qo‘llanmalariga texnik vositalar va yangi o‘quv axborot texnologiyalari (til laboratoriyalarida tarmoq o‘quv vositalari , kompyuter dasturlarini joriy etish) bilan ishlash. Institut o‘quv jarayonida zamonaviy texnik o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanishni tashkil etish.

      Barcha darajadagi o‘quv jarayonini texnik o‘quv vositalari bilan ta’minlash (talabalar, o‘qituvchilar, institut xodimlari).

     O‘quv jarayonida kompyuter, multimedia uskunalaridan har tomonlama va to‘laqonli foydalanishda fakultetlarga, kafedralarga texnik, uslubiy yordam ko‘rsatish.

     O‘qituvchilarga O‘TV asoslari va jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maslahatlar berish va o‘qitish.

     O‘quv jarayonida texnik o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar bilan maslahatlashish.

      Amaldagi me’yorlar va talablarga muvofiq ravishda O‘TVni amalga oshirish usullari va vositalariga muvofiqlikni  ta’minlash.

     Yangi texnologiyalar, moslamalar va jihozlar sohasidagi istiqbolli yangi yo‘nalishlarni tezkor o‘rganish va tadqiq qilish.

      O‘TV xavfsizligi, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, texnik xizmat ko‘rsatish.

      Yangi o‘qitish texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash, joriy etish va rivojlantirish.

Язык