KAFEDRA MUDIRI

SOBIROVA MAVJUDA RUZIYEVNA
PhD, dotsent.

  • Telefon: +998 90 174 23 44 
  • Elektron pochta: mavjudasobirova79@gmail.com

Oliy matematika kafedrasining tarixi:

Oliy matematika kafedrasi 2018 yil Termiz davlat universitetining Denov filialida tashkil etilgan. Prezidentimizning 2020 yil 17 apreldagi 4681-sonli qarori bilan Denov tumanida  Termiz davlat universitetining Denov filiali negizida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi va kafedra Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi deb nomlandi.2021 yilda tabiiy fanlar kafedra tarkibidan ajralib chiqqanligi sababli kafedra yana Oliy matematika deya nom oldi.

Oliy matematika kafedrasining asosiy maqsadi:

 — Talabalarning intellektini rivojlantirish, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini shakllantirish;

 — talabalarga mustahkam fundamental bilim berish, olgan bilimlarini zamonaviy amaliy masalalarini yechishga tadbiq qilishga oʼrgatish;

 — tajriba oʼtkazish yoʼli bilan olingan natijalarning, turli tabiiy jarayonlar, hodisalar va qurilmalarni matematik modellarini tuzishda, asosli tahlil qilishda, texnik va iqtisodiy masalalarning optimal yechimlarini qidirishda, ularni amalga oshirishning eng yaxshi yoʼllarini tanlashda zarur boʼladigan asosiy matematik usullarni talabalarga oʼrgatish;

 — talabalarda matematika falari boʼyicha oʼquv rejalaridagi ixtisoslik va umumkasbiy fanlari masalalarida matematik uslublarni tadbiq eta bilish koʼnikmalarini rivojlantirishdan iboratdir;

Oliy matematika kafedrasining vazifalari:

 — Turdosh va mutaxassislik kafedralari bilan kelishilgan holda dastur asosida tuzilgan ishchi oʼquv hujjatlari yordamida talabalarga (ularni bilim saviyasini inobatga olgan holda) matematik uslublarning mohiyatini va ularning zamonaviy kompyuter dasturlaridagi ishtiroklarini toʼliq va ommabop tarzda tushuntirishdan iborat.

Kafedrada Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi:

 — Kafedra yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish rejasiga asosan professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishlari yo‘lga qo‘yilgan.Bugungi kunda kafedrada  malaka oshirib qaytgan o‘qituvchilar va malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan  seminar – treninglar tashkillashtirish keng yo‘lga qo‘yilgan.                

 — Kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha  istiqbolli rejasi ishlab chiqilgan:

 — Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari mazmunini, ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash, ilmiy ma’ruza mazmunini bilish, o‘z faoliyatida ishlata olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

 — IT natijalarini ishlab chiqarishga qo‘llash

 — Soha fanining ilmiy asoslarini to‘liq o‘zlashtirish, takomillashtirish;

Oliy matematika kafedrasining halqaro aloqalari:

Kafedra mahalliy va xorijiy universitetlar  bilan hamkorlik qiladi. Misol uchun, Tojikiston davlat moliya universiteti, Tojikiston milliy universiteti, Ayniy nomidagi Tojikiston- iqtisodiyot universiteti, Osimi nomidagiTojikiston davlat texnika universiteti (Oliy matematika kafedrasi), ,  Adigey davlat universiteti (AGU)  Har yili hamkorlik doirasida  ilmiy seminarlar, treninglar, uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkaziladi.Oliy matematika kafedrasi     katta ilmiy salohiyatga ega va zamonaviy o’quv jarayonining dolzarb muammolarini hal qilishga qodir bo’lgan ijodiy jamoadir. Kafedra professor-o’qituvchilari talabalarni kasbiy faoliyatidagi  ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida ijodini o’rganish bo’yicha talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib bormoqda.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar:

Sobirova Mavjuda Ruziyevna — PhD, Dotsent,

Abirayev Imomali Meliboyevich — f-m f.n, dotsent,

Oripov Turdiqul Safarovich — f-m. f.n(PhD),

Davlatbekov Akimbek Avalbekovich — f-m. f.n, dotsent,

Qayumov Umid Usmonaliyevich — Katta o’qituvchi, 

Jovliyev Aziz Ismanqul o’g’li — O’qituvchi, 

Mannonov Maxmudjon Abdurashitovich — O’qituvchi, 

Qulmatov Zulfiqor Zafar o’g’li — O’qituvchi, 

Eshtemirov Eshtemir Salim o’g’li — stajyor-o’qituvchi,

Abdurashidov Nuriddin G’iyosiddin o’g’li — stajyor-o’qituvchi,

Ashurov Shaxzod Baxrom o’g’li — stajyor-o’qituvchi,

Xolboyev Sanjar Boboxonovich — stajyor-o’qituvchi,

Xudjayev Djura Turayevich — stajyor-o’qituvchi,

Rustamov Bilol Muxbiddinovich — O’qituvchi,

Tog’ayev Turdimurod Xurram o’g’li,

Язык