13Сен, 2023
Kecha Surxondaryo viloyati Prokuraturasi hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi tashabbusi bilan DTPIda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
🔰Unda Xotin-qizlarni, yoshlarni munosib ish va daromad manbai bilan ta’minlash, ularga IT-texnologiyalarini o‘rgatish, tadbirkorlikka keng jalb etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun 118 ta korxona, tashkilot va tadbirkorlik sub’ektlari 325 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
✅Mehnat yarmarkasida 488 nafar ishsiz va ish qidiruvchi hamda ijtimoiy himoyaga olingan fuqarolar ish bilan bandligi ta’minlanishiga ko‘maklashildi. Qayta tayyorlov kurslariga 2 nafar hamda doimiy ish o‘rinlariga 56 nafar fuqarolarning ishga joylashishiga erishildi.
❇️Shuningdek, “Yoshlar jamg‘armasi” orqali 15 nafar yoshga duxovka, 25 nafar yoshga elektrpayvandlash uskunasi, 5 nafar yoshga benzoarra, 5 nafar yoshga tikuv mashinasi, 3 nafar yoshga asboblar jamlanmasi hamda 3 nafar yoshga motokultivator berildi.