13Сен, 2023
Bugun 13-sentyabr kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rektorlarining II-Forumi o’z ishini boshladi.
🔰 Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etib, mazkur forumning Markaziy Osiyo oliygohlarida keyingi istiqbollarida tutadigan o’rni haqida nutq so’zladi.
✅ So’ngra tadbirda yig’ilgan Markaziy Osiyo davlatlari rektorlari sohalar kesimida universitetlararo hamkorlik memorandumlarini imzolashga kirishishdi.
🔰 Shu jumladan, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori G’. X. Raximov ham Rossiya-Tojikiston slavyan universiteti, Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti Dushanbe filiali, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolashga muvaffaq bo’ldi.
❇️ Markaziy Osiyo davlatlari rektorlarining II-Forumi davom etmoqda.