Monomarkazga tashrif
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Nodira Nabiyeva boshchiligida fakultet talaba-qizlari Denov «Ishga marhamat Monomarkazi» faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi.
🖌 Tashrif davomida talaba-qizlar markazda tashkil etilgan pazandachilik, zargarlik, chilangarlik, dizaynerlik, nemis, ingliz tili o’quv kurslari bilan tanishib, mutaxassislardan o’zlari qiziqqan savollarga javob oldilar.
![](https://dtpi.uz/wp-content/uploads/2024/05/2-6-1024x586.jpg)
![](https://dtpi.uz/wp-content/uploads/2024/05/1-8-1024x768.jpg)
72