Uchrashuv
🏛 Uchrashuv Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
✅ DTPI rektori G‘.X.Raximov o‘ziga biriktirilgan Denov tumani “Lolazor” hamda “Totuvlik” mahallasidagi 32 nafar yoshlarning hayotda o‘z munosib o‘rinlarini topishlari, jamiyatdagi faolligini oshirish orqali moddiy manfaatdorligini yanada yaxshilash uchun har biri bilan alohida suhbatlashib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar belgilab olindi.
🖌 Uchrashuv so‘ngida ularga kitob sovg‘a qildi. Dasturxon yozilib, osh tarqatildi. Shuningdek mahalla yoshlari o‘rtasida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab mini fudbol sport musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirildi