xizmat_safari
Bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichi bo‘yicha quyi reytingda bo‘lgan maktablarga metodik yordam berish kuchaytiriladi
Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan vazirlarga hududlarning eng quyi bo‘g‘ini bilan samarali ishni tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan edi.
Ushbu vazifalar ijrosi ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
25-noyabr kuni Vazir hududdagi mas’ullar, oliygoh rektorlari hamrohligida bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichi bo‘yicha quyi reytingda bo‘lgan Oltinsoy tumanidagi 30-, 43- va 48-sonli maktablarda bo‘lib, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan o‘quv jarayonlari, oliy ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan metodik yordam bilan tanishib, bu borada qilinadigan ishlar yuzasidan o‘qituvchilar fikrini tingladi.