Xalqaro hamkorlik!
Xabaringiz bor, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Nijniy Novgorod lingvistika universiteti bilan hamkorlik aloqalari kundan kunga jadallashib bormoqda. Hamkorlar tashabbusi bilan oliygohimizda 2024-yil 5-fevral kuni rus va ingliz tili fanlaridan xalqaro olimpiada o’tkazilishi belgilangan. Kuni kecha mazkur xalqaro tadbirga tayyorgarlik yuzasidan ikkala OTMlar mutassadilarining maslahat kengashi o’tkazildi. Kengash kun tartibida xalqaro olimpiadani o’tkazishga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
211