Diqqat_muhim

Diqqat, diqqat!

🏛O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr -Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasiga muvofiq “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

🔰 Shu tadbirlar doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✅ Mazkur tadbirga qatnashish uchun jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarini joriy yilning 24-noyabr kuni soat 10-00 da Sh. Rashidov ko‘chasi 360-uyda joylashgan institut binosining faollar zaliga kelib qatnashishlari mumkin.

📞Murojaat uchun telefon: 97-076-06-07

fikringiz_muhim

▫️Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaning tashabbuskori asosan kim❓

▫️Talabaning korrupsiya haqida xabar bermasligining sababi nima❓

📌Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan U-Report orqali shu haqda so’rov otkazmoqda.

Talabalar, ularning ota-onalari,
OTM o’qituvchilari va barchangizni mazkur so’rovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

💬Fikringizni shu yerda bildiring 👉 @UReportUzbBot

Natijalar jamoat eshituvlarida taqdim etiladi.