Surxondaryo viloyatining innovatsion faoliyati o‘rganilmoqda
24-sentabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligi rahbarining Surxondaryoga xizmat safari davomida Oltinsoy tumani Bo‘ston MFYda innovatsiyalar zonasini tashkil etish uchun mavjud 3,8 gektar bo‘sh yer maydoni joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Tuman hokimiyati va tegishli tashkilotlar vakillari safida DTPI rektori O.A.Ruziyev tomonidan ham sanoat zonadagi mavjud imkoniyatlar hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan muhokamalar olib borildi. Ishni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
Xizmat safari davomida tumanda joylashgan “Yoshlar Innovatsion ishlab chiqarish sanoat zonasi”da bo‘lish, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar bilan tanishish hamda hududda amalga oshirilgan “startap”larning natijalarini o‘rganish, moliyalashtirilgan loyihalarning bugungi holatini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.