Psixolog tomonidan talabalar uchun maxsus kurs tashkil etildi
🏛 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 10-fevraldagi SQ-875-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 55-bandida Oliy ta’lim,professional ta’lim muassasalarida «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» maxsus kurs mashg’ulotlarini tashkil qilish vazifasi belgilangan.
🔰 Bugun, 25-sentabr kuni mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida institut psixologi Xolmuminova Dilshoda tomonidan talabalarga «Oʻzbekistonda oila institunini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga oid davlat siyosati» mavzusida maxsus kurs tashkil etildi.
35