Ichki turizm
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30-apreldagi“ Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-232-sonli qarori 16-bandi ijrosini ta’minlash, respublika hududidagi tarixiy maskanlarga sayohatlarni (ziyorat turizmi) tashkil etish, talabalarning murojaatlarini o‘rganish jarayonidagi nazariy bilimlarni bevosita amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida Filologiya fakultetining “Filologiya va tillarni o’qitish o‘zbek tili” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 303-FT guruhi tyutori Sh.Gulbayev va faol talabalari Samarqand shahridagi «Registon» maydoni, «Shohizinda» majmuyi va «Hazrati Hizr» ziyoratgohida, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi va Muzeyiga, Bibixonim madrasasi, Hazrati Dovud ziyoratgohi kabi tarixiy maskanlar muqaddas qadamjolarga va ko’ngil ochar yangi barpo etilgan Samarqand Sityga tashrif buyurishdi.