Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga asosan Tursunov Dilmurat Xolmuratovich – Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Moliya-iqtisod ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga asosan Tursunov Dilmurat Xolmuratovich – Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Moliya-iqtisod ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga asosan Allayarova Solixa Narzulloyevna – Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
🔰 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi Intellektual loyihalar koordinatorlari hamda Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti koordinatori tashabbusi bilan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan «Buyuk shoh va shoir» shiori ostida talabalari o’rtasida
#Zakovat_Quiz intellektual musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa davomida bilimga chanqoq bilimdon talabalar o’zaro bahs olib bordilar. Tanlovning yakuniy bosqichiga ko’ra;
🥇 1-o’rin “Financier” terma jamoasi
🥈 2-o’rin 6F-2023 guruhining “Mo’jiza” jamoasi
🥉 3-o’rin 6BI-21 guruhining “Financier_01” jamoalariga nasib etdi.
⚡️G’olib jamoalarga institut Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alari tapshirildi.
📊 So‘nggi paytlarda «Savobli ish» tadbirlari tobora ommalashib bormoqda. Respublikamizning turli mintaqalarida tez-tez yangi «Savobli ish» loyihalari va aksiyalar tashkil etilmoqda.
🔰 Insonlar bir-biriga g‘amxo‘rlik qila boshladilar, begonalarning muammolari esa tobora ko‘proq tashvishlantira boshladi. Aslida tiriklik shundan iboratki, inson eng avvalo har doim o‘z qulayligi va ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi.
🔵 Biroq, muhtojlarga yordam berish ham juda muhim. Institutimizning Rus tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi M.A.Kim Denov tumanida yashovchi 2006 yilda tug’ilgan, 31-maktabning 8-sinf o’quvchisi Xolto’rayeva Marjonaga 6 oydan buyon bepul ta’lim berib kelmoqda. Marjonani darslarni yaxshi o’zlashtirishidan onasi institut ma’muriyatiga va M.A.Kimga o’z minnatdorchiligini bildirdi.
📊 DTPI ning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan “Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti talabalari oʻrtasida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
🔰 Davra suhbatlari davomida talabalarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri haqida tushuntirishlar berilib, mavzuga doir video roliklar namoyish etildi hamda talabalarning savollariga javoblar berildi.
📹 Prezident joylarda bolalar ta’limi va tarbiyasiga e’tiborsizlik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida kuch tuzilmalari uchun “Psixologiya (harbiy psixolog)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bu tizimda oliy ta’lim muassasalari Psixologiya ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, o‘qishini Qurolli Kuchlar akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash istagidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli, 26 yoshgacha bo‘lgan talabalar orasidan nomzodlar saralab olinadi. Nomzodlar harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi shart emas.
Talabgorlar 2 yillik dastur asosida o‘qitiladi va bitiruvchilarga bakalavr darajasi beriladi.
Arizalar hududlardagi Mudofaa ishlari bo‘limlari orqali 31-martga qadar qabul qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot: 13-57 qisqa raqami
Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6450
🔰Institutimiz Qozog’iston Respublikasining Sarsen Amanjalov nomli sharqiy Qozog’iston davlat universiteti bilan hamkorlik ishlarini jadal rivojlantirmoqda. Shu maqsadda bugun kafedralararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.
✅ Ushrashuvda tomonlardan pedagogika va psixologiya, moliya va bank ishi, raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, boshlang’ich ta’lim metodikasi kabi kafedralar faol ishtirok etishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning eng asosiy rejalari muhokama qilindi.
Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.
💾 OTFIV tizimidagi OTMlar ro‘yxati (matn ustiga bosing). Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.
Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.