RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYALAR MARKAZI

MAMARAJABOV MUZAFFAR ABDURASULOVICH

  • Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma — 14:00 dan 16:30 gacha
  • Telefon: +998 99 711 94 94
  • Elektron pochta: muzaf0007@gmail.com

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazining faoliyati:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF5349-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish  vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qaroriga muvofiq, shuningdek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1.Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to’g’risidagi nizom 1-ilovaga mmuvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha inspeksiya to’g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha inspeksiyaning hamda hududiy inspeksiyalarning tuzilmalari 3 va 3a-ilovlarga muvofiq tasdiqlansin;

  1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

     3.Vazirliklar va idoralar o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu       qarorga muvofiqlashtirsinlar.

  1. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsyalarini rivojlantirish vaziri A.I.Axmedxadjayev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazining vazifalari:

  • Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • OTMsidagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
  • Kompyuter jihozlarini texnik ko‘rikdan o‘tqazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
  • Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
  • OTMsi kompyuter zahirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
  • OTMsida Internet tarmoqlari, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, habar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
  • OTMsining nusxa ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;
  • OTMsining elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va chet el oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
  • OTMsi lokal tarmog‘iga portal bo‘yicha jami ma’lumotlarni kiritish va tahlil etish;
  • Axborot tizimlari yaratish uchun talablarini ishlab chiqish;
  • Axborot tizimilari konsepsiyasini ishlab chiqish;
  • Axborot tizimlari uchun texnik topshiriq ishlab chiqish;
  • Axborot tizimlari yaratish uchun eskiz loyhasini tayyorlash;
  • Texnik topshiriq loyihasi asosida axborot tizimini yaratish;
  • Axborot tizimidan foydalanish yo‘riqnomasini ishlab chiqish;
  • Axborot tizimini ishga tushirish va texnik qo‘llab quvvatlash.
  • Ta’lim axborot tizimlari majmuasining Oliy ta’lim qismini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Bo‘lim boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
  • Ta’lim axborot tizimlari majmuasining Oliy ta’lim qismi axborot va dasturiy ta’minotlarni to‘ldirish bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqishda qatnashish;
  • Ta’lim axborot tizimlari majmuasining Oliy ta’lim qismidan foydalanish uchun uslubiy materiallar, yo‘riqnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.
  • Foydalanuvchilarni tizimdan ro‘yxatdan o‘tkazish va o‘chirish;
  • Texnik vositalarni ulash va o‘chirish;
  • Tizimlarni zaxirasini yaratish;
  • Yangi dasturiy vositalarni o‘rnatish;
  • Tizimlarni monitoring qilish;
  • Tizimlardagi nosozliklarni aniqlash;
  • Axborot xafsizligi siyosatini olib borish;
  • O‘rnatilan dasturlar va jixozlarni qayd qilish;
  • Tizimdagi noqonuniy foydalanuvchilarni aniqlash
  • Tizimdan foydalanuvchilarga yordam berish.
  • “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘ini OTM bilan bog‘lanishini va ishchi xolatda bo‘lishini nazorat qiladi;
  • Oliy ta’lim muassasasida telekommunikatsiya infratuzilmasi shakllantiradi;
  • Oliy ta’lim muassasasida Ma’lumotlarni kayta ishlash va O‘zatish markazining (Data sentr) profilaktikasini olib boradi;
  • Oliy ta’lim muassasasida ma’lumotlar bazalari, serverlar hamda tarmoqlarini nazorat qiladi;
  • Oliy ta’lim muassasasida tarmoqlararo ekran faoliyatini nazorat qiladi;
  • “Videokonferensiya qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish;
  • OTMsi tarkibiy bo‘limlarini kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini texnik ta’mirlash;
  • OTMsi nusxa ko‘paytirish dastgoxini ta’mirlash;
  • OTMsidagi kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini texnik ta’mirlashga uchun extiyot qismlarga buyurtmani shakllantirish.
  • Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
  • Mexnatni muxofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chikarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.
  • OTMsidagi mavjud kompyuter zallari (sinflari) ishchi xolatini tekshirish va nazorat qilib borish;
  • Kompyuter zallari (sinflari)dagi qo‘shimcha qurilmalarning to‘g‘ri ishlatilishini nazorat qilish;
  • Kompyuter zallari (sinflari) bo‘yicha kafedralar va bo‘limlarda mas’ul etib tayinlangan xodimlar bilan doimiy ravishda kompyuter zallari (sinflari)ni ishlatish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish.
Язык