Imtihonsiz perevod qilsa bo’ladimi?
Yaqinda internetda bir video tarqaldi. Unda turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkinligi haqida aytilgan. Buni ko‘rgan minglab talabalarning yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, halovati yo‘qoldi. “Nahotki men imtihonsiz osongina davlat oliygohiga o‘qishimni ko‘chira olsam?” deya shirin orzularga berilishdi.
Lekin bu yerda siz bilishingiz kerak bo‘lgan 3 ta masala bor:
1️⃣ Birinchidan, videodagi gaplar yangilik emas, ushbu tartib 2022-yildagi Prezident qarorida belgilangan, ya’ni 2 yildan buyon amalda.
2️⃣ Ikkinchidan, xususiy oliygohlardan hamda yurtimizdagi xorijiy OTM filiallaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishiga bir martalik «super-kontrakt» to‘lab, imtihonsiz ko‘chirish mumkin. Ya’ni bu yo‘nalishga qarab 50 mln so‘mdan 250 mln so‘mgacha bo‘ladi.
O‘tgan yilgi «super-kontrakt» narxlari bu yerda:
❗️Lekin xorijdagi oliygohlardan mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishga o’qishni ko’chirib bo’lmaydi. “Super-kontrakt” evaziga ham.
3️⃣ Uchinchidan, mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirayotganda 99% holatda talaba bitta kurs pastdan o‘qishni boshlaydi. Chunki o‘quv rejasidagi fanlardagi farqlar soni ko‘p bo‘ladi.
Masalan, 1-kursni xususiy oliygohda o‘qib tugatgan talaba bir martalik super-kontrakt uchun pul topgan taqdirda ham, davlat universitetiga borganda 1-kursni yana qaytadan o‘qiydi, 2-kursdan davom ettirmaydi. Boshqacha aytganda 1 yil yo‘qotadi. Agar yuqori kurs bo‘lsa, unda 2-3 yil yo‘qotishi ham mumkin.
O‘zi umuman o‘qishni ko‘chirayotganda shunga alohida e’tibor bering. Agar fanlardagi farqlar soni 4 ta va undan yuqori bo‘lsa, unda siz bitta kurs pastga tushishingiz mumkin.
Xullas, mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni imtihonsiz ko‘chirishni xohlayotganlar mana shu jihatlarni inobatga olishi kerak. Agar bu shunchalar oson ish bo‘lganda, 2 yildan buyon hamma shunaqa qilgan bo‘lar edi.
Xorijdan esa umuman noturdosh yo’nalishga o’qishni ko’chirish taqiqlangan. Xorijdagilar albatta testga kiradi va yetarli o’tish balini olsa, o’qishini ko’chiradi. Agar o’tish balini ololmasa, unda “super-kontrakt” orqali ko’chirish mumkin.
2024-yilgi o’tish bali bu yerda: