Xalqaro hamkorlik
🏛Institutimiz delegatsiyasi xizmat safarinig so‘nggi kunida Termiz davlat universiteti delegatsiyasi bilan birgalikda Sibir boshqaruv instituti-Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmatlari akademiyasi Filialida bo‘lishdi. Mehmonlarni oliy ta’lim muassasi rektori Osipov Andrey Andreyevich samimiy kutib oldi.
🔰Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar fan sohasida keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib oldi. Ushbu oliygoh bitiruvchilari bizning institutda faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi hamkorlarni yanada xursand qildi.
❇️ Shundan so‘ng institutimiz delegatsiyasi a’zolari Novosibirsk shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lishib, Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan tayyorlangan badiiy-musiqiy bayram dasturida ishtirok etdi.