SIRTQI BO'LIM
SAITOV SUXROB JUMAYDILLAYEVICH
- Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma kunlari
- Telefon: +998 99 247 68 89
- Elektron pochta: sukhrob_uzb@mail.ru
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 24 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasasi Sirtqi bo‘limining namunaviy Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1055-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan. Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim faoliyati davomida olib borilayotgan ishlar muntazam ravishda institut sayti (DTPI.uz)ning Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim sahifasida yoritib boriladi.
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limda S.J.Saitov bo‘lim boshlig‘i, S.Abdurahimov dekan o‘rinbosari, uslubchi A.Sheraliyev faoliyat yuritadi.
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limda 2023-2024 o‘quv yili uchun ish rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Sirtqi()maxsus sirtqi bo’limida hozirda jami 8 ta mutaxasislik mavjud:
60110500 — Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
60110200 — Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
60111300 — Musiqa talimi ta’lim yo’nalishi
60510010 — Biologiya turlari yo’nalishi
60410010 — Buxgalteriya hisobi audit(tarmoqlar bo’yicha) yo’nalishi
6010010 — Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi
60110600 — Matematika va informatika ta’lim yo’nalishi
60220300 — Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar) yo’nalishi
Ikkinchi oliy ta’lim 4 ta yo’nalishlari mavjud:
60510010 — Biologiya talimi ta’lim yo’nalishi
60110500 — Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
60220300 — Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar) yo’nalishi
6010010 — Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim talabalarining kontengenti:
Mazkur ta’lim yo’nalishlarda jami 3503 nafar talaba tahsil oladi. Shundan 43 nafari davlat granti asosida, 3460 nafari kontrakt asosida tahsil oladi. Shu qatorda xorijiy talabalar 6 nafar talaba tahsil oladi.