Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining xalqaro hamkorlari safi kengaymoqda
Oldin xabar berganimizdek, shu kunlarda Surxondaryo delegatsiyasi tarikibida DTPI rektori O.A.Ro‘ziyev hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi J.Gʻ.Choriyevlar ham Novosibirsk viloyatida bo‘lib turibdi.
Kuni kecha institutimiz delegatsiyasi Novosibirsk davlat pedagogika universitetida bo‘lishib, institut rahbariyati bilan davra suhbati uyushtirdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik istiqbollari to‘g‘risida atroflicha kelishib olindi.
Ma’lumot o’rnida, mazkur oliygoh mintaqadagi yetakchi oliygoh bo‘lib, turli ixtisosliklar bo‘yicha malakali kadrlar yetkazib kelmoqda.
Uchrashuv yakunida ikkala oliygoh o’rtasida besh yilga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasini imzolanishiga erishildi.
120