Xalqaro qo’shma ta’lim dasturlari imzolandi
Novosibirsk viloyatida bo‘lib qaytgan Surxondaryo delegatsiyasi tarikibida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, vohamizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ta’lim sohasi mutasaddilari ham tashrif buyurishgan edi.
Viloyatimizning oliy ta’lim muassasalari rektorlari Novosibirskdagi hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Ikki tomonlama uchrashuvlar hamda muzokaralar davomida Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qator kelishuvlar imzolandi. Xususan, tibbiyot, farmasevtika, muhandislik, ijtimoiy-iqtisodiy, arxitektura va qurilish hamda fizika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga kelishilib olindi.