Kafedra mudiri
- Telefon:
- Telegram:
- Elektron pochta:
Kafedra tarixi va faoliyati
Maktabgacha ta’lim kafedrasi 2018-yildan “Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim” kafedrasi tasarrufida boʻlgan.
2021-yilning 1-aprelidan boshlab Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining №31-POʻ-sonli buyrugʻiga asosan alohida “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi tashkil etilgan.
Kafedraga biriktirilgan va dars mashgʻulotlari oʻtiladigan ta’lim yoʻnalishlari:
5111800 – Maktabgacha ta’lim, 60110200 – Maktabgacha ta’lim, 60111300 – Musiqa ta’limi
Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar professor v.b., 2 nafar katta o‘qituvchi, 13 nafar oʻqituvchi, 3 nafar stajyor-o‘qituvchi professor-oʻqituvchilar tarkibi faoliyat olib bormoqda. Kafedra oʻz faoliyati davomida respublikada yetakchi tarbiyachi mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda.
Kafedra oʻqituvchilari tomonidan hozirgi kunda bakalavriyatda 40 ta fandan dars mashgʻulotlari olib borilmoqda. Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan ushbu fanlardan 3 ta darslik, 1 ta monografiya, 13 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta uslubiy qoʻllanma chop etilgan bo‘lib, ishchi dasturlar, oʻquv-uslubiy majmualar tayyorlangan.
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi professor-oʻqituvchilari:
Naimov Muzaffar Oʻrinovich — professor v.b.
Shaymardonova Nargiza Mahmanazarovna — katta oʻqituvchi
Xolmirzayev Nomoz Nazirovich — oʻqituvchi
Achilov Obid Muzrobovich — oʻqituvchi
Elmurodova Lola Tojialievna — oʻqituvchi
Turdiyeva Izzatoy Sodiqovna — oʻqituvchi
Shahimardonova Baxtigul Xushbaqovna — oʻqituvchi
Bobomurodov Eshmamat Norbadolovich — oʻqituvchi
Avloqulov Dilovor Xayitboboyevich — oʻqituvchi
Esanova Sarvinoz Uktamovna — oʻqituvchi
Ermatova Mexriniso Bekmurodovna — oʻqituvchi
Kurbonova Nazira Nizomiddinovna — oʻqituvchi
Niyozova Maftuna Normaxmat qizi — oʻqituvchi
Nazarov Xolmurod Abdujafforovich — oʻqituvchi
Kosimov Abdulaziz Durdikulovich — oʻqituvchi
Gadoyeva Muborak Jumaqulovna — stajyor-oʻqituvchi
Pardayeva Ra’no Eshboyevna — stajyor-oʻqituvchi
Yuldoshova Mexriniso Ochildiyevna — stajyor-oʻqituvchi
Kafedrada o‘tiladigan asosiy fanlar:
Bakalavriat
1. Maktabgacha pedagogika (Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish)
2. Bolalar nutqini oʻstirish metodikasi
3. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish
4. Umumiy psixologiya
5. Bolalarning musiqiy ta’limi
6. Tasviriy faoliyatga oʻrgatish metodikasi
7. Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari
8. Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish
9. Metodika fanlarni oʻqitish texnologiyalari
10. Umumiy pedagogika (Uzluksiz ta’lim pedagogikasi)
11. Vokal ijrochiligi
12. Cholg‘u ijrochiligi
13. Musiqa nazariyasi