DEVONXONA VA ARXIV

XO’SHBOQOV RAXMATULLO ILHOMOVICH

  • Qabul vaqti: har kuni — 08:30 dan 17:00 gacha
  • Telefon: +998 99 677 43 37
  • Elektron pochta: info_dtpi@edu.uz, dtpi@exat.uz

Devonxona oliy o‘quv yurtining mustaqil faoliyat yurituvchi bo‘limi hisoblanib, institut ustavi hamda mazkur nizomga asosan ish yuritadi va bevosita universitet rektoriga bo‘ysinadi. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, oliy o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi nizom, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, institut rahbariyati ko‘rsatmalari hamda ish qog‘ozlari yuritish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomaga asosan o‘z faoliyatini olib boradi. Devonxonada faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar soni va ish hajmiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladigan ishlar hamda vazifalar bo‘yicha javobgar shaxslar tayinlanadi. Devonxona va Arxiv  mudiri R.Xo‘shboqov vazifalariga quyidagilar kiradi: institutdan jo‘natiladigan va institutga kelib tushadigan hujjatlarni qayd etish, ijro, farmoyish, moliya ishlari va xizmat safarlari bilan bog‘liq buyruqlarning loyihalarini tayyorlash, loyihalar va buyruqlar asosini rasmiylashtirish, buyruq nusxalarini tegishli fakultetlar, bo‘limlar, kafedralar, mutasaddi shaxslarga tarqatish, xizmat safari bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish, institutdan hujjatlar jo‘natish uchun konvertlar, pochta markalarining hisob-kitobini olib borish, institut xos qog‘ozi (blank) berilishini tegishli tarzda qayd etib borishni nazorat qilish , buyruq loyihalarini kompyuterlarga kiritish, kompyuter va nusxa ko‘paytirish mashinalarida hujjatlarni ko‘paytirish, buyruqlar asosi bilan bog‘liq hujjatlar va buyruqlarning asl nusxalarini arxivga topshirilgunicha saqlash, arxivda saqlanishi lozim bo‘lgan hujjatlarni amaldagi talablar asosida topshirishga tayyorlash va boshqalar. Devonxona ish yurituvchisi Z.Eshmurodova, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, Institut rektori nomiga kelayotgan xatlarni va  Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, elektron murojaatlarini qabul qilib oladi, xatlar va murojaatlarni to‘liqligicha ko‘rib chiqib, qayd etish jurnallariga kiritadi va “edo.ijro.uz ” dasturiga nazorat qilish uchun kiritadi hamda 1b, 2b, 3b, 4b, nazorat kartochkasini ochadi. Infox.edu.uz, Cabinet PM, Kerio Konnet, E-Xat, edo.ijro.uz, mf.ijro.uz pochtalarga kelib tushgan hujjatni zudlik bilan rektorga yetkazib beradi, imzodan so‘ng ijrochilarga beradi va ijro nazoratini olib borish uchun hujjatning nusxasini Monitoring va ichki nazorat bo‘limiga o‘rnatilgan tartib asosida yetkazib beradi. Xujjatlarni ijrosi ta’minlangandan so‘ng yig‘majildlar nomenklaturasiga tikib boradi. Institut nomidan chiquvchi korrespondensiyalarni to‘g‘ri yuritilganligini tekshirib, qayd etib boradi va xatlarni aloqa markazi orqali (yoki elektron) manziliga yetib borishini tashkillashtiradi. Shuningdek, bo‘lim takibidagi Arxiv mudiri Z.Ergasheva va Arxivarius A.Raximovlar arxivga topshirilayotgan barcha bo‘limlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hujjatlarni ro‘yxatga olib, ularning xavfsizligini ta’minlashlari, rahbariyat topshiriqlarini o‘z vaqtida bajaradi. 

Язык