Xalqaro_hamkorlik
#Xalqaro_hamkorlik
#Indoneziya_O‘zbekiston
# Xorijiy safar davom etmoqda…
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti delegatsiya a’zolari tashriflarining navbatdagi kunida Indoneziyaning Pendidikan universitetining Sumedang shahrida joylashgan kampusida muzokaralarni davom ettirish uchun tashrif buyurishdi.
DTPI Delegatsiya a’zolarini Pendidikan universitetining Sumedang kampusi direktori hamda uning jamoasi tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olindi. Har ikki davlatning milliy urf-odatlari, qadriyatlari va an’analarini aks ettiruvchi marosimlar, kuy qo‘shiqlar hamda videolavhalar namoyish etildi, shu bilan birga har ikkala oliy ta’lim muassasalari tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.
Shundan so‘ng talabalar va tegishli kafedra mudirlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida talabalar o‘zining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Ular orasida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga o‘qish istagini bildirgan talabalar ham bo‘ldi. Kunning ikkinchi qismi muzokaralarga boy bo‘ldi. Xususan, Pendidikan universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturlari, sillabuslari, elektron darsliklari, ta’lim shakillari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Universitetning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan seminar dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Pendedikan universitetining bir qancha professor–o‘qituvchilari tomonidan Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalarga Zoom platformasi orqali onlayn darslar tashkil etilishiga kelishib olindi.
Rasmiy tarzda tashkil etilgan uchrashuv yakunida ikkala oliygohlarda o‘xshash ixtisoslik yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olindi. Bugungi kun ham istiqbolli kelishuvlar bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun: jarayon davom etmoqda…
Bizni kuzatishda davom eting….