RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYALAR MARKAZI
MAMARAJABOV MUZAFFAR ABDURASULOVICH
- Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma — 14:00 dan 16:30 gacha
- Telefon: +998 99 711 94 94
- Elektron pochta: muzaf0007@gmail.com
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazining faoliyati:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF5349-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qaroriga muvofiq, shuningdek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to’g’risidagi nizom 1-ilovaga mmuvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha inspeksiya to’g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha inspeksiyaning hamda hududiy inspeksiyalarning tuzilmalari 3 va 3a-ilovlarga muvofiq tasdiqlansin;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
3.Vazirliklar va idoralar o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsyalarini rivojlantirish vaziri A.I.Axmedxadjayev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazining vazifalari:
- Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
- OTMsidagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
- Kompyuter jihozlarini texnik ko‘rikdan o‘tqazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
- Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
- OTMsi kompyuter zahirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
- OTMsida Internet tarmoqlari, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, habar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
- OTMsining nusxa ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;
- OTMsining elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va chet el oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
- OTMsi lokal tarmog‘iga portal bo‘yicha jami ma’lumotlarni kiritish va tahlil etish;
- Axborot tizimlari yaratish uchun talablarini ishlab chiqish;
- Axborot tizimilari konsepsiyasini ishlab chiqish;
- Axborot tizimlari uchun texnik topshiriq ishlab chiqish;
- Axborot tizimlari yaratish uchun eskiz loyhasini tayyorlash;
- Texnik topshiriq loyihasi asosida axborot tizimini yaratish;
- Axborot tizimidan foydalanish yo‘riqnomasini ishlab chiqish;
- Axborot tizimini ishga tushirish va texnik qo‘llab quvvatlash.
- Ta’lim axborot tizimlari majmuasining Oliy ta’lim qismini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Bo‘lim boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
- Ta’lim axborot tizimlari majmuasining Oliy ta’lim qismi axborot va dasturiy ta’minotlarni to‘ldirish bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqishda qatnashish;
- Ta’lim axborot tizimlari majmuasining Oliy ta’lim qismidan foydalanish uchun uslubiy materiallar, yo‘riqnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
- Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.
- Foydalanuvchilarni tizimdan ro‘yxatdan o‘tkazish va o‘chirish;
- Texnik vositalarni ulash va o‘chirish;
- Tizimlarni zaxirasini yaratish;
- Yangi dasturiy vositalarni o‘rnatish;
- Tizimlarni monitoring qilish;
- Tizimlardagi nosozliklarni aniqlash;
- Axborot xafsizligi siyosatini olib borish;
- O‘rnatilan dasturlar va jixozlarni qayd qilish;
- Tizimdagi noqonuniy foydalanuvchilarni aniqlash
- Tizimdan foydalanuvchilarga yordam berish.
- “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘ini OTM bilan bog‘lanishini va ishchi xolatda bo‘lishini nazorat qiladi;
- Oliy ta’lim muassasasida telekommunikatsiya infratuzilmasi shakllantiradi;
- Oliy ta’lim muassasasida Ma’lumotlarni kayta ishlash va O‘zatish markazining (Data sentr) profilaktikasini olib boradi;
- Oliy ta’lim muassasasida ma’lumotlar bazalari, serverlar hamda tarmoqlarini nazorat qiladi;
- Oliy ta’lim muassasasida tarmoqlararo ekran faoliyatini nazorat qiladi;
- “Videokonferensiya qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish;
- OTMsi tarkibiy bo‘limlarini kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini texnik ta’mirlash;
- OTMsi nusxa ko‘paytirish dastgoxini ta’mirlash;
- OTMsidagi kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini texnik ta’mirlashga uchun extiyot qismlarga buyurtmani shakllantirish.
- Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
- Mexnatni muxofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chikarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.
- OTMsidagi mavjud kompyuter zallari (sinflari) ishchi xolatini tekshirish va nazorat qilib borish;
- Kompyuter zallari (sinflari)dagi qo‘shimcha qurilmalarning to‘g‘ri ishlatilishini nazorat qilish;
- Kompyuter zallari (sinflari) bo‘yicha kafedralar va bo‘limlarda mas’ul etib tayinlangan xodimlar bilan doimiy ravishda kompyuter zallari (sinflari)ni ishlatish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish.