Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:

Bo‘lim oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Bo‘limning faoliyati oliy ta’lim muassasasida “Komplaens nazorat tizimini boshqarish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yunaltirilgan bo‘lib, o‘z vakolatlari doirasida bevosita oliy ta’lim muassasasi rektoriga bo‘ysunadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hisobot beradi.

Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va Hay’ati qarorlariga, mazkur Nizom, oliy ta’lim muassasasining ichki buyruqlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini oliy ta’lim muassasasining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yunalishlar hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish buyicha tegishli takliflarni kiritgan xolda axborot berib borish;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish,  shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;

korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshka tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;

oliy ta’lim muassasasi huzuridagi akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Xay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaktida ijro etilishini ta’minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o‘rganadi, natijalari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlaydi;

oliy ta’lim muassasasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshiradi;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora- tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektor (direktor)ga kiritadi;

oliy ta’lim muassasasining ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;

oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining xatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf xatarlar va xuquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko‘rib chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘radi;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlarini reestrini yuritib boradi;

davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;

oliy ta’lim muassasasi xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;

oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;

oliy ta’lim muassasasi faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘kuv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustakil izlanuvchilar) va aholio‘urtasida so‘rovlar o‘tkazadi;

so‘rovlar, ijtimoiy va boshka tadkikotlar asosida korrupsiyaga karshi kurashish targiboti buyicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;

professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini o‘rganadi, shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga karshi kurashish” bo‘limidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;

xar chorakda va zaruratga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda oliy ta’lim muassasasidagi korrupsiyaviy vaziyat haqida rektorga (direktorga) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hisobot beradi;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga karshi kurashish bo‘limi hamda korrupsiyaga karshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

oliy ta’lim muassasasi huzuridagi akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyagi ustidan nazorat o‘rnatadi;

oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga hamda vazirlikka kiritib boradi.

Язык