Viloyatimizga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham bo’lishdi
🔰 Kuni kecha Koreyaning “Beautiful People” uyushmasi va Sinsung kompaniyasi hamda Toshkent shahrida tashkil etilgan “Koreya markazi” MChJ qo‘shma korxonasi vakillaridan iborat delegatsiya Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlar oliygohda mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
❇️ Uchrashuv davomida kelgusida ta’lim sohalari o‘zaro hamkorlini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalarini muhokama qilindi hamda kelgusida istiqbolli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.
64