YOSHLAR MASALALARI VA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR BO'YICHA BIRINCHI PROREKTOR

DJO’RAYEV BAXTIYOR RAJABOVICH

  • Qabul vaqti: Har kuni 15:30 dan 16:30 gacha
  • Telefon: +998 99 053 40 77
  • Elektron pochta: baxtiyorjurayev@dtpi.uz

Vazifalari:

  • Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat taʼlim standartlari asosida oʼquv, ilmiy, moliyaviy va maʼnaviy- tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
  • Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʼyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va boʼlimlar, kafedra mudirlari va pedagog oʼqituvchilarning toʼliq bilishini taʼminlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va koʼrsatmalarini, oʼquv-tarbiya jarayonlariga oid masalalar boʼyicha institut Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilgʼor mamlakatlar taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʼrganish, “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va boshqa taʼlimga oid qonunlar koʼrsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
  • Oʼquv-tarbiya jarayonida oʼqitishning ilgʼor shakllarini, shu jumladan masofadan turib oʼqitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Faoliyat yoʼnalishi boʼyicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Oʼquv jarayonini taʼminlaydigan boʼlimlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Boʼlimlar, fakul tet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • Oʼtilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-oʼqituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;
  • Oʼquv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, institut  uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilgʼor uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • Oʼquv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar toʼplamlarini institut xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda institutning barcha taʼlim va ilmiy faoliyat yoʼnalishlari boʼyicha oʼquv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini toʼldirib turish boʼyicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʼmaklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti,  Navoiy, Beruniy, Ulugʼbek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Professor-oʼqituvchilar va oʼquv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari boʼyicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, boʼlimlarni malakali kadrlar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish;
  • Boʼsh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish boʼyicha takliflar tayyorlash, professor-oʼqituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • Oʼquv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora koʼrish, ular bilan shartnomani bekor qilish boʼyicha takliflar tayyorlash;
  • Taʼlim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni taʼminlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda fakul tet, kafedralar tashkil etish boʼyicha takliflar tayyorlash;
  •  
  • Kafedralar, fakultet va boʼlimlarning yillik faoliyati hisobotlarini oʼtkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-oʼqituvchilarning oʼquv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Oliy taʼlim muassasalari bilan oʼquv-uslubiy yoʼnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-
    oʼqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • Oʼrnatilgan tartibda oliy taʼlim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutini oʼrnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan oʼtkazish, tashqi attestasiyaga tayyorlash va oʼtkazishda faol ishtirok etish.

Язык