KAFEDRA MUDIRI
TO’RABOYEVA KIMYOXON URAZBEKOVNA
- Telefon: +998 91 517 13 71
- Elektron pochta: k.turabayeva1371@gmail.com
Raqamli iqtisodiyot kafedrasining tashkil etilishi:
Rus tili kafedrasi rektorning 2020-yildagi 5-sentabrdagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘lib, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining asosiy o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyot kafedrasining faoliyati:
O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 15.06.2021 yildagi 373-son qarori. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 28.04.2020 yildagi pq-4699-son qarori,
ta`lim yo‘nalishi bo`yicha magistratura bosqichida talabalar o`qib tahsil olishmoqda.
Bundan tashqari kechki ta`lim yo`nalishi hamda ikkinchi oliy ta`lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham talabalar o‘qib kelishmoqda.
Raqamli iqtisodiyot kafedrasining asosiy maqsadi:
Institut talabalarini bakalavriyat hamda magistrantlarini o‘qitish sifatini oshirish va mutaxassislar tayyorlashning uslubiy ta’minotini takomillashtirishdir.
Raqamli iqtisodiyot kafedrasining kafedrasining vazifalari:
Bugungi raqamlashib borayotgan iqtisodiyotimizni, shuningdek, jahon tajribalarini mamlakatimiz iqtisodiyotiga tadbiq etish yo‘llari, kundalik hayotda qo‘llaniladigan zamonaviy texnalogiyalarini o‘rgatish orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Yuqoridagilarga muvofiq, o‘quv dasturi Raqamli iqtisodiyotni o‘rganishning nazariy va amaliy jihatlarini o’z ichiga oladi.
Raqamli iqtisodiyot kafedrasining missiyasi:
Ta’lim standartlariga muvofiq chuqur nazariy va amaliy bilim va vakolatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli darajada tashkil etish va amalga oshirish, kafedra profilidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishdan iborat.
Kafedrada ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladigan guruhlarda o‘qitiladi. Mutaxassislik fanlari malakali professor – o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Darslar 1, 2, 3, 4 kurslarda ish dasturi (sillabus) asosida tasdiqlangan jadval bo‘yicha ma`ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar shaklida amalga oshiriladi. Kafedra o‘qituvchilari Hemis platformasida joylashtirilgan o‘quv materiallarini tayyorlaydilar. Talabalarning faoliyati turli xil an’anaviy va muqobil baholash vositalari orqali tahlil qilinadi.
Raqamli iqtisodiyot kafedraning vazifalari:
1.1. Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha Oliy ta’limning DTS (Davlat ta’lim standartlari)lariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarida belgilangan
- ma’ruzalar;
- amaliy mashg‘ulotlar;
- labaratoriyalar va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
1.2. Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
1.3. Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;
1.4. Darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rmatmalarni tayyorlash;
1.5. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash;
1.6. Belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishini ta’minlash;
1.7. Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokamadan o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
1.8. Budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jaligi korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
1.9. Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajor—tadqiqotchi-izlanuvchilikni o‘taganlar monitoringini olib borish hamda ular bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;
1.10. Xorijiy hamkorlik, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish va hakozolar.
Kafedraning ish faoliyati:
2.1. Kafedraning yillik ish rejasi bo‘lishi, rejada o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar to‘la qamrab olinishi lozim;
2.2. Kafedraning ish rejasida kafedra majlisi bir oyda kamida ikki marta o‘tkazilishi belgilangan bo‘lishi, uning kun tartibi va o‘tkazilish sanasi aks etishi lozim;
2.3. Kafedrada o‘tkazilgan majlis kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi va majlis bayonnomasida qayd qilinishi lozim.
Raqamli iqtisodiyot kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari:
Raqamli iqtisodiyot kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan darslik, o`quv qo`llanma va monografiyalar:
Z.U.Berdinazarov: O‘zbekistonda mintaqalararo ijtimoiy – iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘llari. Monagrafiya. Toshkent: 2023
K.U.To‘raboyeva: Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti uslubiy qo‘llanma. Termez: 2023
K.U.To‘raboyeva: Xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish. Monografiya. Qarshi: 2023
Z.U.Baerdinazarov, K.U.To‘raboyeva, N.M.Eshqobilova: Sanoat iqtisodiyoti darlik: 2023.
Raqamli iqtisodiyot kafedrasining halqaro aloqalari:
Kafedra mahalliy va xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, masalan, Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti, Altay davlat universiteti, Qozon federal universiteti hamda OlmaOta menejment universiteti. Har yili hamkorlik doirasida Iqtisodiyotni raqamlashtirish masalalari yuzasidan ilmiy seminarlar, treninglar, uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkaziladi.
Raqamli iqtisodiyot kafedrasi:
Katta ilmiy salohiyatga ega va zamonaviy o’quv jarayonining dolzarb muammolarini hal qilishga qodir bo’lgan ijodiy jamoadir. Kafedra professor-o’qituvchilari Iqtisodiyotimizni raqamlashtirishda amalga oshirilgan va oshirilishi ko’zda tutilgan vazifalarni aniqlash va muammolarni bartaraf etish, ularning kasbiy faoliyatida amaliy ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida talabalar bilan birgalikda amaliy ishlar olib borilmoqda.