KAFEDRA MUDIRI

TANGRIYEV VALISHER AZAMOVICH

  • Telefon: +998 90 249 99 95
  • Elektron pochta: v.tangriyev@dtpi.uz

Kafedra tarixi va faoliyati:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 17 apreldagi PQ–4681-son qaroriga muvofiq Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi. “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi 2020 yil sentabr oyida tashkil etilgan bo`lib, Termiz davlat universiteti Denov filialining “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi nomi bilan 2019 yil mart oyidan boshlab Respublikamiz uchun o’qituvchilik sohasi mutaxassislarini tayyorlagan. 2020-yil aprel oyidan boshlab Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi sifatida faoliyat olib bordi, 2020-yil sentabr oyidan boshlab esa “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi sifatida Respublikamizga yosh va intiluvchan malakali kadrlar tayyorlash yo`lida izlanish olib bormoqda. 2020 yil sentabr oyidan 2022 yil yanvar oyigacha kafedraga Nuraliyev Ilyos Ismoilovichrahbarlik qilib keldi. 2022 yil fevral oyidan boshlab Valisher Azamovich Tangriyev rahbarlik qilib kelmoqda. Institutning 2023 yil  avgvustdagi Kengashi qarori bilan 2023 yil sentyabr oyidan kafedra Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi nomi bilan ikkita kafedrabo`lindi. Hozirgi kunda kafedrada 19 nafar professor-o‘qituvchi jumladan 19 nafar o‘qituvchi va stajyor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Kafedrasining vazifalari:

Zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda xorijiy tillarni talabalarga samarali va maqsadga muvofiq ravishda o‘rgatish bilan birga xorijdagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda ularning professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan doimiy netvorking tizimini yo‘lga qo‘yish, soha ekspertlari bilan seminar, trening va o‘quv kurslarini tashkil etishdir.

Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:

– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;

– talabalarda o‘qish, eshitish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish;

– umumiy ingliz tili bo‘yicha yangi terminlar orqali ingliz tilini qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

– talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;

– ingliz tilida hujjatlar bilan tanishtirish hamda o‘rganilgan bilimlarini amalda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish;

– xalqaro miqyosdagi hujjatlar, til nuqtai nazaridan tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish;

– talabalarni bo‘lajak ish faoliyatida ingliz tilida aniq, to‘g‘ri, ravon va ishonch bilan gapira olish ko‘nikmasini baholash imtihoniga tayyorlashdan iborat.

Язык